Xalq tabobati usulida davolash

Bolgariya tabobatidan

1. Quyoshda toblanishdan oldin bemor oyoq va qo‘llaridagi og‘riqli bo‘g‘imlarini miltiq yog‘i bilan yog‘lashi hamda har kuni seldereydan tayyorlangan salat iste’mol qilishi zarur.

2. Kanal yoki katta ariqlarning qirg‘og‘ida yig‘ilgan loyni oftobda isitib, og‘riqli sohaga surtish lozim. Loyning shifobaxsh xususiyatini oshirish maqsadida unga 2-3 bo‘lak sarimsoqpiyozni qirg‘ichdan o‘tkazib aralashtirish kerak. Sil kasalligida esa ushbu loyqa suvni ko‘krak va tomoq sohasiga surtish darkor.

3. O‘tmishda bemorlar o‘rmon chumolilaridan “chumoli vannasi” qabul qilishgan. Chunki, chumoli tanasida chumoli kislotasi bo‘ladi Bemorning yonidagi kishi o‘rmon chumolilari inidan bir necha hovuch hasharotlarni olib bemorning qo‘l yoki oyoqlariga qo‘yadi. Uning ustidan asal yoki arpabodiyon yog‘i surtilgan tabiiy tolali mato yoki sochiq o‘rab qo‘yadi. Yana bemorning ko‘ylagini chumoli uyasiga yopish kerak. Shunda chumoli kislotasidan to‘yingan ko‘ylakni xasta kishi kiysa kasallik yengil kechadi. Shuningdek, revmatizm bilan og‘rigan bemor albatta kraxmalga boy oziq-ovqat mahsulotlari va go‘sht hamda shakardan parhez qilishi darkor. Non, kartoshka, qandolat mahsulotlari va konfetdan ham tiyilishi kerak. Javdar va qora kepakli undan tayyorlangan non iste’mol qilishi zarur. Spirtli ichimlik ichish, tamaki mahsulotlarini chekish, shuningdek, achchiq ziravorlarni ko‘p iste’mol qilish, ruhiy zo‘riqish(stress), jismoniy charchash, immunitetning pasayib ketishi ham bo‘g‘im og‘riqlariga zamin yaratadi. Chunki, qon va limfa yillar davomida holsizlangan organizmda yig‘ilgan zaharli moddalar bilan to‘yingan bo‘ladi.

4. Yozda issiq qumga ko‘milib, uyda boqilgan tovuq go‘shti sho‘rvasini ichish ham foydali. Buning uchun bemorni oftob urmasligi uchun uning boshiga somon shlyapa yoki tabiiy tolali bosh kiyim kiydirish kerak. Shuningdek, bemor muolaja qabul qiladigan qum turli zaharli va zararli hasharotlardan xoli ekanligiga ishonch hosil qilish lozim. Yana bemor bo‘zdan tayyorlangan chodir ostida ham yotsa bo‘ladi. Shunda bemor terlaydi va tanasidagi ortiqcha, zaharli xiltlar erib ketadi. Mavsum davomida qumli muolajani bir necha marta amalga oshirish zarur.

5. Eman(dub) g‘uddasi (urug‘i)ni maydalab, qaynatish zarur. Chunki, uning tarkibida yog‘ bo‘ladi. Hosil bo‘lgan malhamni iliq holda og‘rigan bo‘g‘imlarga surtish zarur. Keyin bir necha soat davomida tabiiy tolali mato bilan og‘riqli soha o‘rab qo‘yiladi.

Yana o‘qing:  Og‘iz suti – go‘dak taomnomasidagi ilk ozuqa

6. Surunkali revmatizmda qora archaning mevalari 4/1 nisbatda olinadi. Ustiga sovuq suv solinadi hamda past olovda suv qorayguncha qaynatiladi. Keyin 340 gramm suzib olingan ushbu shifobaxsh qaynatmaga 100 gramm kunjut yog‘i solinadi. Bemor bir kunda 2-3 mahal yarim stakandan och qoringa bu qaynatmadan ichib turishi zarur. Keyin ustidan uzum g‘o‘rasidan tayyorlangan sarxil sharbatni ichish kerak.

7. Shuningdek, qurib qolgan og‘riqli bo‘g‘imlarni yumshatish uchun quyidagicha malham tayyorlanadi. Ya’ni:100 gramm tozalangan qovoq urug‘i va 100 gramm kanakunjut urug‘ini mis havonchada yanchib, uning ustiga 30 gramm eritilgan saryog‘(uyda tayyorlangan), 30 gramm asal, 30 gramm uzum yoki olma sirkasi solinadi. Tayyor bo‘lgan malham og‘riqli bo‘g‘imlarga surtiladi.

8. Shuningdek, isiriqli vanna qabul qilish ham revmatizmda shifobaxsh ta’sir etadi. 2-3 hovuch quritilgan giyohning ustiga 3 litr issiq suv solinadi va yarim soat damlab qo‘yiladi. Suzib olingan damlama oldindan tayyorlangan vannadagi issiq suvga solinadi. Bemor 20 daqiqa davomida vanna qabul qiladi. 10-15 ta muolajani kun ora o‘tkazish zarur. Isiriqli vanna qichitma kasalida ham foydali.

9. Og‘riqli sohaga tunda qariqizning sarxil barglaridan qo‘yib, tabiiy tolali mato bilan bog‘lash zarur.

10. Revmatizmda bemor oyoqlarini bosishga qiynalib, cho‘loqlanib qolsa quyidagicha malham tayyorlash kerak. Ya’ni, uy tovug‘i tuxumining sarig‘ini olib yog‘och qoshiq bilan iylanadi. Unga bir choy qoshiq skipidar (o‘tkir hidli suyuq modda – daraxtlar qatronidan olinadi) va bir qoshiq olma sirkasi solib aralashtiriladi. So‘ngra asta-sekin bu suyuq malham og‘rigan bo‘g‘imlarga surtib chiqiladi.

11. Revmatizmda organizmda safro(o‘t) va balg‘am (sovuq shilliq modda) ko‘p bo‘ladi. Bu moddalarni ter, peshob haydash va ichni surish (ichaklarni tozalash) hamda parhez orqali bemorning tanasidan haydab chiqarish zarur.

12. Maydalangan loviya qo‘zoqlari(loviyaning qurigan po‘stlog‘i)dan 15-20 gramm olinadi ustiga 1 litr sovuq suv solinadi. Keyin 30-40 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. Sovugan qaynatma suzib olinadi. Bemor bir kunda 3-4 mahal yarim stakandan dorivor qaynatmadan ichib turadi.

13. Sarxil qora turpdan siqib olingan ikki stakan sharbatga bir osh qoshiq tuz solinadi. (Bozorlarda hozirda oddiy turp bilan qora turp ham sotilayapti). Uning ustiga yarim stakan aroq quyiladi. So‘ngra hosil bo‘lgan aralashmaga yana bir stakan asal aralashtiriladi. Qo‘l va oyoqlardagi og‘rigan bo‘g‘imlarga shifobaxsh aralashma surtiladi. Keyin og‘riqli soha tabiiy tolali mato va uning uning ustidan junli mato bilan o‘rab qo‘yiladi.

Yana o‘qing:  Bolalar tagliklari farzand uchun foydalimi yoki...

Diqqat!

Har qanday tabiiy shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan dorivor vositani bemor 3-4 hafta iste’mol qilsa yoki tashqi muolaja uchun qo‘llasa, keyin yana boshqa giyohlarni ham almashtirib qo‘llashga o‘tishi zarur.

Gulchehra ShIRINOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: