Gripp haqida nimalarni bilamiz?

Gripp so‘zi fransuzcha «gripper» so‘zidan olingan bo‘lib, «egallash, tarqalish», degan ma’nolarni anglatib, azal-azaldan odamlarni tashvishlantirgan virusli kasalliklardan biri hisoblanadi.

Gripp o‘tkir respirator infeksiyali kasallik hisoblanib, ob-havoning o‘zgarish vaqtida qo‘zg‘alish va tez tarqalish xususiyatiga ega. Asosan, havo orqali yuqadi. U surunkali kasalligi borlar, bolalar, keksalar, homilador ayollarda og‘irroq kechishi mumkin. Kasallikning asosiy manbai gripp bilan og‘rigan bemordir. Chunki u og‘rib turgan bo‘lishiga qaramay, sog‘lom kishilar orasida bo‘ladi. Xastalik havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadi. Bemor yo‘talganda, aksirganda, gap­lashganda so‘lak tomchilari orqali havoga ko‘plab viruslarni ajratadi. Viruslar havoda uch soatgacha saqlanib turishi mumkin.


Gripp virusi bo‘lgan havodan nafas olish natijasida sog‘lom odam kasallanadi. Virus nafas olish yo‘llarini zararlaydi. Kasallikning birinchi belgisi ba’zida 3-4 soatda, ba’zida 2-3 kun ichida bilinib, juda tez rivojlanadi. Kasal tez charchaydi, boshi og‘riydi, yo‘taladi, aksa uradi. Tana harorati 38-40 darajagacha ko‘tariladi, qo‘p terlaydi, ya’ni holsizlana boshlaydi. Mushaklarda og‘riq paydo bo‘ladi. Aholi zich joylashgan shaharlarda bu kasallikka chalinish holati ko‘proq uchraydi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ob-havoning o‘zgarishi ushbu kasallikning tez rivojlanishiga sharoit yaratib beradi. Yilning sovuq paytida odamlar, asosan, yopiq joylarga to‘plangani sababli kasallikka chalinish xavfi kuchayadi. Shu sababli grippga, asosan, uyda o‘tiradigan keksalar, bog‘cha va maktab yoshidagi bolalar chalinadi.

Hozirgi kungacha grippni davolovchi ko‘plab dorilar ishlab chiqarilgan. Ammo uning oldini olish har bir insonning o‘z qo‘lida. Ko‘proq suyuqlik ichish, immunitetni baquvvat qilish zarur. Agar uyda grippga chalingan kasal bo‘lsa, unga alohida xona ajratish lozim. Kasalga qaraydigan kishiga kasallikning oldini olish yo‘llarini o‘rgatish kerak. Bunda eng samarali yo‘l gripp­ga qarshi vaksina bilan emlanish hisoblanadi. Xastalangan odamning idish-tovog‘i, sochig‘i, o‘rin ko‘rpasi alohida bo‘lishi kerak. Kasal odam kam harakat qilib, ko‘proq yotishi lozim. Grippni oyoqda turib o‘tkazish eng katta xatodir. Kasallik belgilari sezilgandan darhol shifokor ko‘rigiga borish lozim.


Kasallikning o‘zi emas, balki uning asoratlari ko‘proq xavfli. Grippdan so‘ng bemor bo‘lgan kishida tez-tez terlash, toliqish, uyqu buzilishi kabi holatlar bir necha haftalab davom etishi, viruslar kuchli zaharlashi oqibatida nafas olish yo‘llarida og‘ir kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Kuchli gripp turi bilan og‘rigan kishining immuniteti past bo‘lsa, uning organizmida bakteriyalar rivojlanib, o‘pkada-yallig‘lanish, tomoqda-angina, quloq kasalliklarini vujud­ga keltirishi mumkin. Kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olgan yaxshi, deydi dono xalqimiz. Shunday ekan, salomatligimizga befarq bo‘lmaylik.

M.TURIMBETOV,

Yana o‘qing:  Mustaqillik bolalar nigohida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi vrach epidemiologi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: