Tonggi badantarbiya mashqlarining salomatlik uchun qanday foydasi bor?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, kam harakatlik oqibatida har yili dunyo bo‘yicha 5 million kishi hayotdan ko‘z yumadi. Ana shu raqamlarning o‘ziyoq sog‘lom turmush tarzi naqadar muhimligidan ogoh etadi.

Jismoniy mashqlar tana mushaklarini baquvvat, bo‘g‘imlarni harakatchan, qomatning to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi. Barchasi ertalabki badantarbiyadan boshlanadi. Bu jarayonda bajariladigan mashqlar organizm­ning biror a’zosi yoki tizimiga emas, balki butun tanaga birdek ijobiy ta’sir etadi. Ya’ni ichki organlarda moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

Yana bir fakt: jismoniy harakat va mashqlar ta’siri ostida to‘qimalarning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji 8-10 barobar ortadi. Shu bois qisqa emas, takroriy mashqlar organizmni sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, ushbu mashg‘ulotlar tizimli bajarilganda tana to‘qimalari oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi. Bunday harakatlar asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, badantarbiyadan so‘ng odamning ham jismoniy, ham aqliy faoliyati yaxshilanadi.

Insonning nafas harakatlari kechki uyqu mahali kunduzgiga nisbatan ancha sekinlashishi ma’lum. Badantarbiya chog‘ida bajariladigan nafas mashqlari esa o‘pkani yetarlicha toza havo bilan to‘yintiradi.
Qolaversa, jismoniy faollik organizm­ning kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini oshiradi, yurak va nafas olish tizimini mustahkamlab, ichak va buyrak faoliyatini yaxshilaydi. Suyak va bo‘g‘imlarning to‘g‘ri shakllanishi hamda mustahkamlanishiga yordam beradi. Tana vaznini me’yorda ushlab, fikrlash va bilim olish qobiliyatini kuchaytiradi.


Mashqlar «oddiydan – murakkabga» tamo­yili asosida, pog‘onama-pog‘ona bajariladi. Bunda organizmdagi barcha tizim va mushak­larning mutanosib ishtirok etishini ta’minlash lozim. Shunda biror tana a’zosi ortiqcha zo‘riqishiga yo‘l qo‘yil­maydi.


Badantarbiyadan oldin organizmni jismoniy chiniqtirish zurur. Bundan tashqari, piyoda yurish va yugurish – jismoniy faol hayot kechirishning eng foydali usullaridan biri. Bunday mashg‘ulotlar oyoq mushaklarini mustahkamlab, qon aylanish va immun tizimini yaxshilaydi.

Gavhar TULABOYEVA,

tibbiyot fanlari doktori,

professor

Yana o‘qing:  Urganchda zamonaviy Yoshlar markazi foydalanishga topshirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: