Qon quyuqlashishi qanchalik xavfli?
Ko‘pchilik insonlar hayotida bir marta bo‘lsa ham qon tahlili topshirgan yoki vena orqali
in’yeksiya qabul qilgan. Shu paytda ba’zi bemorlar qoni to‘q rangga kirib, quyuqlashganiga guvoh
bo‘ladi.
Mutaxassislarning fikricha, bu holatga e’tiborsiz bo‘lish kerak emas. Aksincha, qon tahlilla-
ri orqali uning quyuqlashib ketgani aniq bo‘lgach, vaqtida davolanish zarur. Aks holda, organizmda
turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
Qon – inson tana a’zo va to‘qimalarini kislorod hamda zarur ozuqa moddalari bilan ta’min-
lovchi muhim suyuqlik. U infeksiyalarga qarshi kurashib, ichki a’zolar faoliyatida ishtirok
etadi. Qon quyuqlashishi organizmdagi ana shu jarayonlarning
buzilishiga olib keladi. Oqibatda yashirin kasalliklar yuzaga kelishi yoki yangilari paydo bo‘li-
shi mumkin.
– Qon quyuqlashishiga ko‘pincha sovqotish, qattiq asabiylashish, qandli diabet, shuningdek shi-
rinliklar, kartoshka, banan, tuxum, gazli ichimliklar, fast-fud
va turli qovurma taomlar sabab bo‘ladi. Qolaversa, bu holat kam
suyuqlik ichish, havo haroratining ko‘tarilishi yoki keskin pasayishi
va organizmdagi ayrim o‘zgarishlar tufayli ham yuzaga keladi.
Natijada insonda bosh og‘rig‘i, jizzakilik, tushkunlik, xotira pasayishi, holsizlik, uyquchanlik, qo‘l va oyoqlar sovqotishi, og‘iz qurishi kuzatiladi.
Yurak tez urishi, nafas qisishi, tananing turli qismlarida ko‘karishlar paydo bo‘lishi va tirnoq
shakli o‘zgarishi mumkin. Hatto miyaga qon yaxshi yetib bormasa, bosh
aylanishi, hushdan ketish ehtimoli ham mavjud. Bu salbiy holatlar esa tomirlarda qon aylanishining buzilishi va trombozlar hosil bo‘lganidan darak beradi.
Oqibatda insult va infarkt xavfi ortadi.
Qon holatini tekshirish uchun shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Agar tibbiy tekshiruvlardan so‘ng uning quyuqligi me’yordan ortiq ekani ma’lum bo‘lsa, zarur muolajalar tayinlanadi.
Biroq qonni suyultiruvchi dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilish mumkin emas.
Sababi, uning haddan ortiq suyuqlashishi jarohatlarda qonning to‘xtamay qolishiga olib
keladi.
Nazokat ORIPOVA,
oliy toifali shifokor