Yoz faslida o‘tkir ichak kasalliklari nega ko‘payadi?

Hozir yurtimizda ayni pishiqchilik mavsumi. Yozning jazirama kunlari boshlandi. Bu davr­da aholi, ayniqsa bolalar o‘rtasida avj oladigan mavsumiy kasalliklar bor. Shulardan biri – o‘tkir diareya. U xalq orasida ichburug‘ ham deb ataladi. Xo‘sh, ushbu xastalik qanday kelib chiqadi? Uning o‘ziga xos belgilari nimalardan iborat? Qanday xavfli asoratlari mavjud?

Yoz kunlarida ochiqda qolgan ­taom va yeguliklar sifati juda tez buziladi. Ayniqsa, sut va sut mahsulotlari qisqa muddatda aynib qolishi mumkin. Bundan tashqari, kasallik kelib chiqishiga asosan gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik sabab bo‘ladi. Masalan, bolalar ba’zan ko‘chadan uyga kirgach va ovqatlanishdan avval qo‘llarini sovunlab yuvishni unutadi.
Ho‘l meva-sabzavotlarni iste’mol qilishdan avval ularni yaxshilab chayish ham kichkintoylarning doimo xayoliga kelavermaydi. Oqibatda og‘iz orqali organizmga tushgan bakteriya va viruslar ichburug‘, dizenteriya, salmonellyoz kabi o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarni qo‘zg‘atadi.
Ya’ni organizmdagi bakteriya va viruslar ichak shilliq qavatini yallig‘laydi va ulardan ajralgan toksinlar qonga so‘rilib, butun tanani zaharlaydi. Oqibatda 2 soatdan 2 kungacha bo‘lgan inkubatsion davr­da diareyaning ilk belgilari namoyon bo‘ladi.

Bemorlarda holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, tana harorati ko‘tarilishi, qorin og‘rishi, dam bo‘lishi kabi simptomlar kuzatiladi.


O‘tkir diareya bemor holati va organizmga tushgan mikrob yoki virus xususiyatiga qarab yengil, o‘rtacha yoki og‘ir, ba’zan tipik bo‘lmagan shaklda o‘tishi mumkin.
Kasallikni davolashda har bir daqiqaning ahamiyati katta. Ya’ni bemorga qancha erta tashxis qo‘yilib, muolaja qancha tezroq bosh­lansa, natija shu qadar samarali bo‘ladi.
Aytish lozimki, o‘tkir diareya xavfli kasallik. Bu dardni yengishda, avvalo, organizmdagi suv balansini ta’minlash muhim! ­Ya’ni bemor zarur miqdorda suyuqlik qabul qilmasa, hatto daqiqalar ichida ahvoli og‘irlashishi mumkin.
Biroq suv balansini ba’zan faqat suyuqlik ichish bilangina tiklash mushkul. Ayniqsa, xastalikka chalingan bolalarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, ularda falajlik, infeksion-toksik shok, neyrotoksikoz, ichaklar buralib qolishi kabi og‘ir asoratlar yuzaga kelishi xavfi katta.
Chunki kichkintoylar organizmi juda nozik bo‘ladi. Qusish, ich ketishi, yuqori harorat tufayli tananing suvsizlanishi juda tez sodir bo‘ladi.
Oqibatda bemorlarda peshob ajralishi to‘xtab, buyrak yetishmovchiligi jarayoni boshlanadi. Qolaversa, suv balansi kamayishi tufayli qon bosimi keskin tushib ketadi.

Ayni sababdan, bolalarda o‘tkir diareya kuzatilsa, tezroq shifokor qat’iy nazorati ostida tanada yo‘qotilgan suv o‘rni o‘z vaqtida qoplansa, organizm yana normal holatiga qaytadi.
Negaki, xastalikning erta bosqichida hech qanday tomchi dorilarsiz vaziyatni o‘nglash mumkin. Agar ham qusish, ham ich ketishi kuzatilsa, tomchi muolajalarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Biroq qusish to‘xtamay, kuchli og‘riq kuzatilsa, uni bartaraf etish uchun dezintoksikatson va simpomatik muolajalar talab etiladi.

Ammo ichburug‘ni davolashda o‘zboshimchalik bilan antibiotiklarni qo‘llash vaziyatni yanada og‘irlashtirishini eslatib o‘tmoqchimiz. Chunki bunday holatda o‘tkir diareyaga disbakterioz xastaligi ham qo‘shilishi ehtimoli katta.
Shunday ekan, ota-onalar yoz mavsumida bolalarining ovqatlanish ratsioni, ular iste’mol qilayotgan mahsulotlar sifati, yaroqliligi, xavfli bakteriya va viruslardan xoliligiga hamda farzandlari ozodaliligiga nihoyatda e’tiborli bo‘lishlari kerak.

Yana o‘qing:  SOKIN HARAKATLAR JOZIBASI

Dilorom TURSUNOVA,
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: