Bolalarda bo‘y o‘sishining sekinlashishi kalsiy yetishmasligidanmi?

Inson sog‘lom bo‘lishi uchun tanada barcha vitamin va mineral moddalar me’yorda bo‘lishi lozim. Xususan, organizmning to‘laqonli rivojlanishida kalsiy alohida o‘ringa ega. Uning yetishmasligi esa turli xastaliklarni keltirib chiqaradi.

Ushbu elementning biologik rolini ortiqcha baholashga hojat yo‘q. Biroq pandemiya davrida antibiotik, gormon preparatlari va tomchi ukollarini uy sharoitida palapartish qo‘llash oqibatida bemorlarda keyinchalik kalsiyning so‘rilishi va suyaklarga yetkazilishining pasayishi kuzatildi. Bu esa suyaklarning mo‘rtlashishiga olib keldi.
Shuningdek, ushbu element yetishmasligining yana bir necha salbiy oqibatlari bor. Xususan, uyqusizlik, ko‘p terlash, yurak urishining buzilishi, tirnoqlar mo‘rtligi, oyoq-qo‘llar uvishishi, tez-tez va kuchli bosh aylanishi, soch to‘kilishi, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riqlar, bolalarda bo‘y o‘sishining sekinlashuvi, tajanglik, tirnoqlar, tishlar va sochlar zaifligi hamda ayollarda homiladorlik asoratlari kabi belgilar ham uning alomati bo‘lishi mumkin.
Shu bois mutaxassislar bu kabi bemorlarga ushbu elementni qo‘shimcha tarzda qabul qilishni tavsiya etadi.

Tavsiya etilgan kunlik kalsiy miqdori:
– 0-3 oylik chaqaloqlar uchun 400 mg.;
– 4-6 oylik go‘daklar uchun 500 mg.;
– 7-12 oylik o‘g‘il-qizlar uchun 600 mg.;
– 1-3 yoshli kichkintoylar uchun 800 mg.;
– 7-11 yoshdagi bolalar uchun 1100 mg.;
– 11-18 yoshdagi o‘smirlar uchun 1200 mg.;
– 18-59 yoshdagi kattalar uchun 1000 mg.;
– 60 yoshdan yuqori kishilar uchun 1200 mg.;
– homilador ayollar uchun 1300 mg.;
– emizikli onalar uchun 1400 mg.

Kalsiy yetishmovchiligini bemorlar vitamin va minerallar kompleksini qabul qilish orqali bartaraf etishi mumkin. Biroq ularni faqat shifokor tavsiya etadi.
Mazkur muammoni bartaraf etishda to‘g‘ri taomlanishga ham e’tibor qaratish kerak. Jumladan, kunlik taomnomada sut mahsulotlari (tvorog, yogurt, kefir, pishloq, qatiq, suzma) bo‘lishi maqsadga muvofiq. Dengiz mahsulotlari, turli meva-sabzavot va ko‘katlar – karam, salat bargi, selderey, petrushka, kunjut urug‘i, yong‘oqlar tarkibida ham kalsiy ko‘p.

Shuningdek, organizm ushbu elementni o‘zlashtirishida D vitaminining o‘rni beqiyos. Uning eng ko‘p manbai esa quyosh nurlarida mavjud. Ayni sababdan quyosh chiqqandan boshlab soat 11:00 gacha va kechki 17:00 dan keyin ochiq havoda sayr etish tavsiya etiladi. Chunki bu paytda uning ultrabinafsha nurlari ta’siri ostida organizmda D vitamini hosil bo‘ladi.

Umida RUSTAMOVA,
tibbiyot fanlari doktori

Yana o‘qing:  ZIKA ISITMASI QANDAY KASALLIK?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: