Zumrad faslda allergik kasalliklar kuchayadimi?
Yon-atrof yashillikka burkangan. Ammo bunday o‘zgarishlar ayrim insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xo‘sh, buning sababi nima?
Avvalo aytish lozimki, bahor faslida daraxtlar gullashi, o‘simliklardan ajraladigan chang zarralari immun tizimi zaiflashgan kishilarda allergiyaga moyillikni yuzaga keltirishi mumkin.
Mavsumiy allergiya asosan 20 mikrometrdan 50 mikrometrgacha bo‘lgan o‘simlik changchalari tufayli paydo bo‘ladi va tibbiyotda pollinoz deb ataladi. U acocan burun shilliq pardalari, yuqori nafac yo‘llari hamda ko‘z kon’yunktivaciga ta’cir ko‘rcatadi.
Bu turdagi xastalikni uch davrga bo‘lish mumkin.
Ilk bosqich mart oyi boshidan may oyi o‘rtasigacha davom etadi. Ya’ni daraxtlar gullagan paytda bemorlarda xastalik qo‘zg‘aladi. Ikkinchi bosqich may oyidan iyul oxiri va avgust boshigacha kuzatiladi. Bu mavsumda dala o‘tlari gullaydi. Uchinchi bosqich boshoqli o‘simliklar gulga kirishi bilan bog‘liq bo‘lib, u avgust oyidan noyabrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Aslida inson allergen bilan to‘qnashganda, allergik reaksiya darhol yuzaga kelmaydi. Immun tizimi asta-sekin moddaga nisbatan sezgirlikni oshiradi. Vaqt o‘tib, tana o‘ziga xos yuqori reaksiyaga ega bo‘lib, bu jarayon sensibilizatsiya deb ataladi.
Bahorgi allergiya ko‘pincha aksirish, burunning bitishi, qichishishi yoki ko‘p miqdorda oqishi, ko‘zlarning shishishi, yoshlanishi va ba’zan yo‘tal bilan namoyon bo‘ladi. Shuningdek, teri ko‘chishi, qichishish, quruqlashish, qizarish va undagi qizg‘ish toshmalar ham xastalikka xos belgilardir.
Bunday vaziyatda, albatta, allergolog mutaxassisga murojaat qilish lozim. Chunki o‘zboshimchalik bilan davolanish allergiyani kuchaytirish yoki boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Avvalo, bemorda kuzatilayotgan simptomlar allergiya belgisi ekanligini maxsus qon tahlili yordamida aniqlash lozim. IgE tecti – shulardan biri. O‘z navbatida, uning umumiy va maxcuc turlari mavjud. Masalan, umumiy IgE bemorda allergiya bor yoki yo‘qligini ko‘rcatca, maxcuc IgE testi orqali aynan nimalarga allergiya mavjudligini aniqlasa bo‘ladi.
Bunday tekshiruv uchun hozir markazimizda yuqori tezlikka ega va bir vaqtning o‘zida 200 dan ortiq turdagi allergenlarni aniqlay oladigan avtomat immunoferment analizatori – «Alisei» qurilmasidan foydalanilmoqda.
Tahlil javoblari chiqqach, natijalarga ko‘ra, muolajalar belgilanadi. Umuman, allergik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolashda rasional ovqatlanish tartibi hamda cog‘lom turmush tarziga rioya etishning ahamiyati benihoya katta. Immunitetni mustahkamlash allergiya xurujidan saqlanishning eng muhim shartidir.
Ilmira RAZIKOVA,
Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori