Harbiylar salomatligi e’tiborda

Er yigit Vatan posbonidir. Uning salomatligi, oilaviy xotirjamligi Vatan va oila oldidagi burchini sidqidildan ado etishga zamin bo‘ladi. Ular borki, hayotimiz osuda, ko‘nglimiz xotirjam.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yilning 14 noyabrdagi “Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishining ijrosini ta’minlash yuzasidan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari tomonidan ham salmoqli ishlar olib borildi. 2013 yil davomida respublika bo‘yicha jami 86 ta harbiy qism va bilim yurtlaridagi 8 930 nafar harbiy xizmatchi, ularning oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularga dori-darmonlar, sanitariya-gigiyenik vositalari hamda kiyim-kechaklar tarqatildi. Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiylar oila a’zolariga manzilli xayriya yordami ko‘rsatildi.

Tibbiy ko‘rikdan tashqari harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida dolzarb mavzularda zamonaviy multimediya texnologiyalari orqali ma’ruzalar, davra suhbatlari va seminarlar tashkil etildi.

Xotam RIZAYEV,

Tibbiy-ijtimoiy markaz rahbari

Yana o‘qing:  Jamg‘arma faoliyatidan (2013-29)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: