FAN OYLIGIDA TILNING AHAMIYATI
Shayxontohur tumanidagi 10-maktabda fan oyligi munosabati bilan adabiyot, rus va ingliz tillari oyligining yopilish festivali bo‘lib o‘tdi.
O‘quvchilarning ingliz va rus tilidagi ijodiy chiqishlari, teatr ko‘rinishlari, xorijiy tildagi kuy-qo‘shiqlar, taniqli yozuvchilarning asarlaridan sahna ko‘rinishlari bilan rang-barang tarzda o‘tgan tadbir barchada yaxshi taassurot qoldirdi. Bundan tashqari, maktabda viktorina va ochiq darslar ham o‘tkazildi.
Ushbu festival o‘quvchilarda nafaqat fanga qiziqish, balki qo‘shimcha adabiyotlar, lug‘atlar, ma’lumotlar bilan mustaqil ishlash istagini o‘yg‘otish, shaxsiy xarakterni rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Fan oyligi nafaqat o‘quvchilarga, o‘qituvchilarga ham mas’uliyat, o‘z kasbiga sadoqat hamda fanlarning ahamiyatini yana bir bor anglashga imkoniyat yaratadi.
Maryam AHMEDOVA