Sochingiz oqarayaptimi?

Inson organizmida millionlab soch follikulalari bor. Follikulalar sochlarni hosil qiladigan hujayralar va pigment tutadigan hujayralardan iborat. Pigment melanin deb ataladi. Vaqt o‘tishi bilan soch follikulalari pigment hujayralari yo‘qolishi hisobiga soch oqarishi ro‘y beradi.
Ushbu maqolada soch oqarishining erta boshlanishi sabablari, uni sekinlashtirish yo‘llari va oldini olish chora-tadbirlari haqida ma’lumot beramiz.

Erta soch oqarishining sabablari

Vitamin yetishmovchiligi. Har qanday V guruh vitaminlari V-6, V-12, V-9, D vitamin va E vitamin yetishmovchiligi sochlarning erta oqarishiga olib keladi.
Development jurnali qayd etishicha D-3 vitamini, B-12 vitamini va Cu (mis) mik­royelementi yetishmasligi soch oqarishiga sabab bo‘ladi. Ularning yozishicha ovqat tarkibida ushbu moddalar yetishmasa pigmentatsiya jarayoni buziladi, agar o‘rni qop­lansa, sochlarga rang yana qaytadi.
International Journal of Trichology (Xalqaro Trixologlar jurnali) 25 yoshgacha bo‘lgan shaxslar orasida tekshiruv o‘tkazdi. Fe moddasi, B-12 vitamini va zichligi yuqori bo‘lgan xolesterin (yaxshi xolesterin) yetishmovchiligi ham erta soch oqarishiga olib kelar ekan.
Genetik omil. 2013 yilda Indian Journal of Dermatology, Venereology and Leprology jurnallarining izlanishlari shuni ko‘rsatdiki, erta soch oqarish sababining eng asosiy omili bu genetik tomondan ekan. Irq va etnik kelib chiqish ham soch oqarishida muhim rol o‘ynaydi. Teri rangi och bo‘lgan xalqlarda sochlar erta oqaradi, ya’ni 20 yoshlardan boshlanadi, Osiyoliklarda 25 yoshlardan, Afro-Ameriklarda 30 yoshlardan boshlanadi.

Stress. Erta soch oqarishiga genetik moyillik bo‘lsa-da, kuchli stress ham sochlarning «kumushlanishiga» sabab bo‘ladi.
Stress organizmdagi antioksidantlarni (vitaminsimon moddalar) yetishmovchiligiga olib keladi. Buning natijasida erkin radikallar ko‘payadi. Erkin radikallar noturg‘un (beqaror) moddalar bo‘lib, hujayralarni o‘ldirish xususiyatiga ega.


Stress olish davom etaversa, kasallik rivojlanishiga olib keladi. Masalan, teri pigmentlarining mahalliy yo‘qolishi-vitiligo (pes) stress natijasida kelib chiqadi. Vitiligo melanin pigmenti hujayralarining o‘limi yoki ular funksiyasining yo‘qolishidir. Buning natijasida sochlar ham oqarishi mumkin.
Soch erta oqarishining tibbiy sabablari. Ko‘pchilik tibbiy kasallik­lar, masalan autoimmun kasalliklar sochning erta oqarishiga omil bo‘la oladi. Qalqonsimon bez bilan bog‘liq o‘zgarish­lar ham soch oqarishining bir sababi.
Oq sochlar allopetsiyada ham kuzatiladi, ya’ni soch to‘kilishidan so‘ng davo choralari ko‘rilganda qayta o‘sib chiqqan sochlar ham pigmentatsiya yetishmasligi natijasida oq bo‘lib chiqishi mumkin. Bu faqatgina boshda emas, balki tananing boshqa qismlaridagi sochlarda ham kuzatiladi.

Yana o‘qing:  Jamg‘arma faoliyatidan (2013-14)


Chekish. 2013 yilda Italian Dermatology Online Journal ko‘rsatishicha, chekuvchilarning har 2 tasidan bittasida 30 yoshgacha bo‘lgan insonlarda sochlari erta oqarib ketganligi o‘rganilgan.


Kimyoviy soch yuvuvchi vositalar. Kimyoviy sochlarni yuvuvchi vositalar, shampunlar sochning erta oqarishiga olib kelishi mumkin. Bu vositalar ko‘pchiligi soch oqarishiga sabab bo‘luvchi zararli ingrediyentlar saqlaydi.
Ayrim shampunlar o‘zida vodorod peroksidi (N2O2) tutadi, bu modda zararli xususiyatlarga ham ega. Ulardan ko‘p foydalanish soch «kumushlashishiga» olib keladi.
Agar soch oqarishiga genetik omil va yosh o‘tishi sabab bo‘lsa, hech qanday davo choralari yordam bermaydi. Soch ranglarini tiklash asosida ularning pigmentatsiyasini tiklash yotadi.

Agar ovqat tarkibi va vitamin defitsiti sabab bo‘lsa, quyidagi chora-tadbirlar erta oqarishning oldini olishi mumkin:
Antioksidant (vitaminsimon moddalar) saqlaydigan ozuqa moddalar:
• meva va sabzavotlar;
• toza ko‘k choy;
• zaytun moyi;
• baliq go‘shti.


Vitaminlar – vitamin yetishmovchiligi sababli soch oqarishida vitaminlar ko‘p saqlaydigan ovqatlanish tartibiga o‘tish kerak, masalan dengiz mahsulotlari, tuxum va go‘sht B-12 vitaminiga, sut, pishloq va sut mahsulotlari D vitaminiga boy.
Chekishni tashlash sochlarning pigmentatsiyasi buzilishi va organizmning zaharlanishidan saqlaydi.
Soch oqarishiga qarshi tabiiy vositalar. Sotuvda «oq sochlar bilan qoplangan» soch yuvuvchi vositalar juda ko‘p, ularning ko‘pchiligi terida allergiya ham chaqirishi mumkin. Tabiiy usullar bilan soch oqarishini sekinlashtirish mumkin.


Qora choy. Qora choy sochlarni qoraytirish, yaltiratish xususiyatiga ega. Uni tayyorlash uchun 3 yoki 5 qoshiq toza qora choyni 2 stakan qaynatilgan suvga solish va sovigandan so‘ng u bilan sochlarni yuvish kifoya.
Moychechak bargi. Moychechak bargi sochlarni qora va ularni sog‘lom qiladi. Uning bargini ezib kokos moyida yoki kunjut moyida qaynatish va sovigan aralashma bilan boshlarni massaj qilish tavsiya qilinadi.


Mis mikroelementi. Bu mikroyelementga boy mahsulotlar iste’mol qilish, jigar, bodom, qora shokolad va sarsabil o‘simligi.
Qovoq moyi. Qovoq moyi soch pigmentatsiyasiga va ularning ildizini mus­tahkam qilish xususiyatiga ega. Moy bilan boshlarni regulyar massaj qilib turish soch oqarishining oldini olishga yordam beradi.


To‘g‘ri qo‘yilgan diagnoz va to‘g‘ri tanlangan davo sochlarning erta oqarishini to‘xtatish va oldini olishga yordam beradi. Sochlarning oqarish vaqti insonning individual xususiyati bo‘lib, har kim o‘zi qaror chiqaradi, oq sochlar bilan yurish yoqadi yoki ularga rang qaytarishga harakat qilib ko‘radi.


Soch oqarishini to‘xtatish mumkinmi? Organizmda sochlarning rangi uchun maxsus melanotsit hujayralarida ishlab chiqariladigan melanin pigmentlari javob beradi. Pigmentlar ishlab chiqarilishi to‘xtatilgandan so‘ng oq sochlar paydo bo‘ladi. Bu jarayonga qarish, genetik omillar, kasalliklar, chekish va V12 vitaminlarining yetishmasligi kabi omillar ta’sir qilishi mumkin.
Yoshga va irsiyatga bog‘liq ravishda pigmentlarning yo‘qolishiga qarshi choralar yo‘q. Shuning uchun, maslahatimiz: oq sochlardan qutulmoqchi bo‘lsangiz ularni bo‘yashingiz mumkin.
Oq sochlarni sochlar uchun maxsus tush bilan bo‘yang. U alohida oq soch tutamlarini yashirish uchun juda mos keladi va suv bilan yuvib tashlash mumkin.
Oqargan soch ildizlarini bo‘yash uchun maxsus vositalardan ham foydalanishingiz mumkin. Ular sprey yoki upa ko‘rinishida chiqariladi va uni to shampun bilan yuvib tashlamaguningizcha saqlanib turadi.
Rangli shampunlardan foydalaning. U tez yuvilib ketmaydi va sochlaringizda bir necha kungacha turadi. Agar sochlaringiz oqarishi yoshga ham, irsiyatga ham bog‘liq bo‘lmasa, u holda bu jarayonni orqaga surish mumkin.

Buning uchun:
• chekishni tashlang (yoki umuman bosh­lamang);
• hayvonlardan olinadigan oziq-ovqatlarni iste’mol qiling, ayniqsa, jigar: uning tarkibida V12 vitamini bor.
• maxsus vitaminli qo‘shimchalarni yaxshisi shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng qabul qilganingiz ma’qul;
• stress bilan kurashishga o‘rganing.

Durdona MUROTALIYEVA,

Yana o‘qing:  JAMIYAT TARAQQIYOTIDA MUHIM OMIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: