Og‘iz hidlanishi (galitoz) nima sababdan yuz beradi?

Katta yoshdagilarning har to‘rttadan bittasida galitoz doimiy tarzda kuzatiladi. Ko‘pincha odam noxush hidga tez ko‘nikadi va keyinchalik uni umuman sezmaydigan bo‘lib qoladi. Muammodan xabari borlar esa odamlardan o‘zini olib qochishga urinadi yoki ruhan tushkunlikka berilishi ham mumkin. Og‘izda noxush hid paydo bo‘ldimi, zudlik bilan uning sababini aniqlash va davo choralarini qo‘llash lozim.


Ovqat qoldiqlari tishlar, milklar, milk chetlari va tilda yashovchi bakteriyalar ta’sirida chirib, yoqimsiz hid chiqaradi.

Tish toshlari va bakteriyalarning juda ko‘pligi, tish protezining unchalik toza bo‘lmasligi ham galitozga olib kelishi mumkin. Ba’zi dorilarni ichish so‘lak bezlarining kasallanishiga sabab bo‘ladi, buning oqibatida esa og‘iz qurishi yuzaga keladi. Bunda og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak yetishmaydi, qarabsizki, og‘izdan yoqimsiz hid anqiydi.

Tishlaringiz tozaligidan yarqirab ketgan, tilingiz ham haqiqiy musaffolikdan bahramand bo‘lishiga qaramay, noxush hid sizni hamon tark etmasligi mumkin. Bunga tanovul qilingan oziq-ovqatlar sabab bo‘lishi mumkin.
Piyoz, sarimsoq piyoz yoki boshqa kuchli hidga ega ozuqalar iste’mol qilinsa, 72 soatgacha ularning hidi inson nafasida seziladi. Kofe kabi ichimliklar ham noxush hidlarga sabab bo‘ladi. Shuningdek, tamaki chekish noxush hid va og‘iz qurishiga olib keladi.

Agar og‘zingizdan bot-bot noxush hid kelayotgan bo‘lsa, odatda u biror xastalikning belgisi bo‘ladi. Shu bois, bunday vaziyatda oilaviy shifokorga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.

Mirafzal IRXANOV,

stomatolog-shifokor

Yana o‘qing:  Dunyodagi eng foydali mahsulotlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: