TURKSOY o‘zbek jurnalistlarini taqdirladi

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida o‘zbek jurnalistlariga TURKSOYning mukofotlari topshirildi.

      Tadbirda TURKSOY tashkiloti rahbariyati, O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyati, O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi, madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etdi.

     Tadbirni O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov kirish so‘zi bilan ochib, TURKSOY tashkiloti haqida ma’lumot berdi va turkiy mamlakatlarning madaniy sa’y-harakatlarini birlashtirgan ushbu tashkilot doirasida keng hamkorlik platformasi yaratilgani, samarali faoliyat olib borilayotganini aytib o‘tdi.

     O‘zbekiston-Ozarboyjon do‘stlik jamiyati raisi Erkin Nuriddinov, O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov, O‘zbekistondagi “TURON” Fanlar Akademiyasi Prezidenti Haydarbek Bobobekov va boshqalar Turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda, shu jumladan, fan, madaniyat, san’at va matbuot sohasida ham rivojlanayotganini ta’kidlashdi.

     So‘ngra Ozarbayjon voqeliklarini jahon hamjamiyatiga olib chiqishda alohida xizmat ko‘rsatgan o‘zbek jurnalistlariga TURKSOY mukofotlari topshirildi.

          Tadbirning badiiy qismida san’atkorlarning chiqishlari barchani xushnud etdi.

            Zebo NAMOZOVA,

«ISHONCH»

Yana o‘qing:  Mehribonlik uyining sobiq direktori va xodimlariga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: