YANGI G‘OYALAR TALQINI

Joriy yilning 10-12 oktyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “O‘zbekiston matbuoti” – Ikkinchi Milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad — respublikamizda faoliyat yuritayotgan bosma axborot nashrlarining faoliyatini va bu sohadagi yangiliklardan soha vakillarini xabardor qilishdir. Qolaversa, yurtimizda axborot sohasini liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdir.

Ushbu ko‘rgazmada yurtimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan bosma nashrlar, nashriyotlar xodimlari, reklama va poligrafiya xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar vakillari, jurnalistlar va shu sohaga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishyapti.

“Bu ko‘rgazma nafaqat yoshlar uchun, balki tajribali jurnalist va noshirlar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Axborot deyarli har kuni almashinayotgan bugungi kunda qaysi soha bo‘lmasin, mutaxassisga o‘z sohasidagi yangiliklardan xabardor bo‘lib turish ma’suliyatini yuklaydi. Shuning uchun ham bunday ko‘rgazmalar biz kabi ustozlar va talabalar uchun juda muhim,” – deydi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakuteti dekani Mahliyo Mirsoatova.

Nashriyotlar tomonidan ko‘rgazmaga qo‘yilgan yangi kitoblar barchaning diqqat-e’tiborini tortdi. Ular orasida “Cho‘lpon”, “Ma’naviyat” va “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan chop qilingan bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar, ayniqsa, o‘ziga xos rang-barang bezaklari bilan ajralib turibdi. Kitoblar ko‘rgazmasi bilan bir qatorda ularning savdosi ham tashkil qilinganligi kitobsevar yoshlar uchun ayni muddao bo‘ldi.

– Men Erkin A’zamning “Shovqin” deb atalgan kitobini anchadan beri kitob do‘konlaridan qidiraman. Bugun uni sotib oldim. Shunday ko‘rgazmalarning tez-tez tashkil qilinib turilishi biz yoshlar uchun juda foydali, – deydi ko‘rgazma ishtirokchilaridan biri Sardor Rustamov.

Saida IBODINOVA

Yana o‘qing:  Yassi oyoqlik – bolaning jismoniy rivojlanishida jiddiy muammo

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: