Buqoqni aniqlashda…

Ma’lumki, Buqoq qalqonsimon bezning bir zaylda kattalashib borishi kasalligi hisoblanadi. Buqoqda bo‘yin old yuzasida deformatsiya (shakl buzilishi) sodir bo‘ladi. Goho qalqonsimon bez tugunlari ko‘zga tashlanmaydi va uni faqat paypaslagandagina payqash mumkin. Aksar holda tugunlar sog‘lomlashtirish ultratovushli tekshiruv o‘tkazilayotganda tasodifan aniqlanadi.

Buqoq katta bo‘lsa va to‘shortida yotganda bo‘yin a’zolari va to‘shorti kengligida (traxeya, qizilo‘ngach, tomirlar) bosilish alomatlari zohir bo‘ladi. Bu holat nafas olish buzilishi (nafas qisish, qattiq yo‘tal), yutishning qiyinligi (disfagiya), tembrda o‘zgarish va tovushning xirillashi bilan paydo bo‘ladi.
Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi kuzatiladi, bu faoliyat pasayishi yoki ko‘tarilishi mumkin.
Agar sizda qalqonsimon bezning kattalashishi ma’lum bo‘lib qolsa (bo‘yin old tomoni «do‘ppayishi» yoki «shishishi» mumkin), shifokorga murojaat qilish kerak.

Umumiy shifokor ko‘rigi, odatdagi tahlillar buyurilishi va qalqonsimon bezni paypaslab ko‘rishdan tashqari, qo‘shimcha usullardan ham foydalaniladi:
– qalqonsimon bez gormonlari va gipofiz darajasini aniqlash;
– qalqonsimon bezga nisbatan autoimmun antitelolarni aniqlash;
– qalqonsimon bezni ultratovush va radio­izatop tekshirish;
– bo‘yin va to‘shorti kenglikni rentgenda tekshirish;
– laringoskopiya;
– ingichka ignali aspiratsion biopsiya (tugunli buqoqda) va hokazo.

Endemik buqoqning qalqonsimon bez faoliyati buzilishi alomatisiz kechuvchi diffuzli shaklida yod dorilari samaralidir. Kalqonsimon bez faoliyati susayganida, ushbu holat o‘rnini qoplashga yetgudek miqdorda tireoid gormonlar buyuriladi. Buqoqning tugundor shakllaridagina qat’iy ko‘rsatkichlar bo‘yicha jarrohlik amaliyoti qo‘llaniladi.
Yod taqchilligini bartaraf etish uchun yodlangan osh tuzi solingan ovqat iste’mol qilish va yodga boy mahsulotlarni (dengiz karami, baliq, go‘sht, sut, tuxum va hokazo) ko‘paytirish kerak. Bundan tashqari, bo‘qoqning rivojlanishiga imkon beruvchi «strumogen» degan mahsulotlarni cheklash zarur. Bunga bir necha tur karam, sholg‘om, bryukva, makkajo‘xori kiradi.

Sevinch TOSHQULOVA tayyorladi

Yana o‘qing:  2018 yildan barcha o‘smir qizlar odam papilloma virusiga qarshi emlanadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: