Karyera kunida nimalarga erishildi?

Bugungi kunda aholini, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta’minlash masalasi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Kuni kecha Vebster universiteti ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazida tashkil etilgan «Karyera kuni» ham aynan talabalarni o‘qish davrida turli kompaniya va tashkilotlarga amaliyotga jalb etish, ularning soatbay va o‘quv muassasasini bitirgandan so‘ng to‘liq bandligini ta’minlashga qaratildi.

Sherzod MAMATOV,
Toshkent shahar Vebster
universiteti ta’lim
dasturlarini amalga
oshirish markazi direktori
o‘rinbosari:

– Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va AQSHning Vebster universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Toshkent shahridagi Vebs­ter universiteti ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi 2019 yilda o‘z faoliyatini boshlagan.
Markazda bo‘lib o‘tgan «Karyera kuni» bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 80 tadan ziyod xorijiy kompaniyalar, vazirlik va idoralar, mahalliy korxona va tashkilotlar ishtirok etdi.
Ushbu yarmarka o‘tkazilishidan maqsad AQSH oliy ta’lim muassasalari tajribasi asosida «Career development coordinator» — Karyerani rivojlantirish koordinatori alohida ish olib borgan holda talabalarning 1-bosqichdan 4-bosqichgacha amaliyot o‘tashlari soatbay va to‘liq bandligini ta’minlashda tashkilot va kompaniyalar o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydi.
Shunisi quvonarliki, bugungi mehnat yarmarkasi orqali ko‘plab talabalarning nafaqat bandligini ta’minlashga, balki tajriba orttirib, malakali kadrlar sifatida ingliz va rus tilida erkin so‘zlasha oladigan, raqobatbardosh kadr sifatida xorijiy kompaniya­larda tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kelajakda Markazda bunday tadbirlar ko‘plab o‘tkazilishini va ushbu Karyerani rivojlantirish koordinatori faoliyatini kengaytirish maqsad qilingan. Toshkent shahrida Vebster universiteti ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi rahbariyati yurt rivojiga munosib ulushlarini qo‘sha oladigan kadrlarni yetkazishda va ularning bandligini ta’minlashda barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.

Aziz AKROMOV,
Innovatsion rivojlanish
vazirligi Yoshlar bilan ishlash
bo‘limi boshlig‘i:

– Bizning bugungi kundagi asosiy vazifalarimizdan biri iqtidorli yosh avlodning bandligini ta’minlashdir. Bugun mehnat yarmarkasida ishtirok etishdan maqsadimiz sohaga qiziqadigan talabalarning amaliyot o‘tashlari va soatbay bandligini ta’minlashdir. Albatta, ular yarim stavkada maosh bilan ta’minlanadi. Agar ish mobaynida axloqiy qoidalardan chiqmay, odobi, izlanuvchan va intizomliligi bilan e’tibor qozona olsa, unga ishonch bildirgan holda to‘liq ish bilan ta’minlaymiz.

Oybek JUMAYEV,
O‘zbekiston Milliy banki
xodimlar bilan ishlash
departamenti xodimi:

– Biz 3-4-kurs talabalarini tanlov asosida soatbay ishga qabul qilamiz. Albatta, ular ish mobaynida tajriba orttirish bilan birga, bank tizimini ham o‘rganadilar. Tizimda intizom va talabchanlik ish unumini belgilaydi. Shuningdek, kompyuter texnologiyalari bilan ishlashlari mustahkamlanib, kelajakda yaxshi bankirlar tayorlashda bu amaliyot muhim omil bo‘lishi shubhasiz.

Sirena ISLAMOVA,
BMTning O‘zbekistondagi
vakolatxonasi xodimi:

– Vakolatxonamizda har yili mehnat yarmarkasi orqali xorijiy universitet 4-bosqich bakalavr va magistratura bosqichi talabalaridan 15-20 nafari amaliyot o‘tash bilan birga, soatbay ish bilan ta’minlanadilar. Ular bizda chet davlatlar bilan aloqada ishtirok etish, turli loyiha va dasturlash hamda tarjimon sifatida ish yuritadilar. Hozir yarmarkada 20 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etyapmiz.

Shohruh YUSUPOV,
VIVO xalqaro kompaniyasi
trening-menejeri:

– Xalqaro kompaniyamiz asosan smartfonlar, kameralar, quloqchinlar va bosh­qa texnika vositalari ishlab chiqaradigan katta jamoaga ega. Shu bois texnika sohasini yaxshi egallagan, bilimdon va chaqqon intellektual yoshlarni jamoamizga ishga qabul qilamiz. Muhimi, ular kelajakda eng yaxshi mutaxassis sifatida bo‘y ko‘rsatib, muqobil maosh olishga ham erishadilar.

Aytish joizki, bayramga aylangan mehnat yarmarkasida Toshkent shahrida Vebster universiteti ta’lim das­turlarini amalga oshirish markazida ta’lim berayotgan 200 nafarga yaqin xorijlik va mahalliy o‘qituvchi-professorlar hamda 1800 nafardan ziyod talaba va magistrantlar, shuningdek, poytaxtimizdagi bir qancha xalqaro oliy ta’lim muassasalaridan 600 nafardan ortiq talaba va magistrlar ishtirok etdi.
Mehnat yarmarkasida 300 nafardan ziyod talabalar 80 dan ortiq xorijiy kompaniyalar, vazirlik, idoralar, mahalliy korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tash, tajriba oshirish, ish faoliyatini olib borish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  USAIDning silga qarshi kurash dasturi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: