Odamlarda gijja: turlari, aniqlash va davolash

Bugungi kunga kelib, fan odam tanasida rivojlanishi va yashashi, turli organ va to‘qimalarda parazitlik qilishi mumkin bo‘lgan 280 xil gijjalarni aniqlangan. Odamning gijja yuqtirish chastotasi ma’lum hududlarning iqlimiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga bog‘liq (kam rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, tropik va subtropik zonalarda joylashgan mamlakatlarda, parazitar infeksiyalar darajasi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga qaraganda ancha yuqori).

Yuqtirish yo‘llari:
– Biogelmintoz (hayvonlardan yuqish).
– Yuqumli gelmintoz (odamdan odamga yuqish).
– Geogelmintoz (er yuzida hayot sikllaridan birini amalga oshiradigan parazitlar tomonidan kelib chiqadigan kasalliklar).
Odamlarda gijjalarning namoyon bo‘lishiga ta’sir qiluvchi omillar:
– gijjaning inson tanasiga moslashish darajasi;
– parazitlarning populyasiya zichligi (soni);
– gijjaning yashash joyi (to‘qima para­zitlari yumshoq to‘qimalarda, oraliqda yashovchilar esa organlarning bo‘shliqlarida yashaydi).
Turli fazalarda ba’zi gijjalar ham oraliq ham to‘qima shakllarda bo‘ladi. Qurtlarning lichinkali va rivojlanayotgan bosqichlari, odatda, kuchliroq patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Qayta infeksiya bo‘lmasa, inson tanasida katta parazitlari soni ko‘paymaydi. Bu xususiyat gijjalarni viruslar, zamburug‘lar va mikroblar sabab bo‘lgan kasalliklardan sezilarli darajada ajratib turadi.

Belgilari:
Gelmintoz – bu 2 bosqichli kasallik:
– o‘tkir (ikki haftadan ikki oygacha);
– surunkali (bir necha oydan bir necha yilgacha).

Alomatlari


Kasallikning dastlabki belgilari turli vaqtlarda paydo bo‘lishi mumkin. Misol uchun ko‘pincha askariozda 2-3 haftadan so‘ng, filyariozda – 2-3 kundan so‘ng, inkubatsiya davri esa 6-18 oy davom etishi mumkin.

Parazitar invaziyaning o‘tkir bosqichida eng xarakterli alomat – allergik reaksiya hisoblanadi (migratsiya qiluvchi parazit lichinkalari antigenlariga antikorlar ishlab chiqariladi). Ko‘pincha gijjalarni yuqtirgan odamlarda terida qichiydigan toshmalar paydo bo‘lib, ular takrorlanishi mumkin, limfa tugunlari shishadi, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek, migratsiya qiluvchi parazit lichinkalari ko‘krak qafasi og‘rig‘iga, yo‘talga, bo‘g‘ilish xurujlariga, axlatning buzilishiga, ko‘ngil aynishi va qayt qilishga olib keladi.

Shu bilan birga, gelmintiazning o‘tkir bosqichi yanada jiddiy buzilishlar (pnevmoniyaning og‘ir shakllari, gepatit, allergik miokardit, gepatosplenomegaliya (jigar va taloq kattalashishi), meningoyensefalit) bilan kechishi mumkin.
Qonda eozinofillar soni ko‘payadi (eozinofiliya) va oqsil fraksiyalari orasidagi normal miqdoriy nisbat buziladi (disproteinemiya).

Yana o‘qing:  Tuzni me’yoridan ortiq iste’mol qilish yurak yetishmovchiligiga olib keladi

Surunkali gelmintoz
belgilari


Surunkali fazaning alomatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaysi organda parazitlar joylashganiga bog‘liq, shuningdek, ularning haj­mi va soni ham muhim rol o‘ynaydi.
Shunday qilib, ba’zida odamlarning ichak­larida gijjalarning parazitlik qilishi alomatsiz bo‘lishi mumkin (juda katta parazitlar mavjudligi bundan mustasno). Ichak gelmintozining surunkali bosqichiga xos belgilar dispeptik kasalliklardir. Bolalarda astenonevrotik va og‘riq sindromi ko‘proq seziladi. Ko‘p miqdorda askaridalarning mavjudligida qabziyat, obstruktiv sariq kasal va pankreatit rivojlanishi mumkin.
Odam tanasidan o‘z hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha moddalarni iste’mol qilish sababli, gelmintlar ovqat hazm qilish tizimining buzilishini, vitaminlar, minerallar, uglevodlar, oqsillar va yog‘larning yomon singishini keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, gijjalarning chiqindilari normal ichak mikroflorasini susaytirib, organizmning immunitet kuchlarini kamaytiradi.
Immun tizimining zaiflashishi va hujayralar bo‘linishining kuchayishi (para­zitlar tomonidan zararlangan to‘qimalarning doimiy tiklanishi natijasida) gelmintozlardan aziyat chekadigan odamlarda xavfli o‘smalar xavfi sezilarli darajada oshadi.

Odam gelmintozining qo‘zg‘atuvchilari 2 xil turga bo‘linadi:
– dumaloq (nematodalar)
– yassi (lentasimon va so‘rg‘ichli)

Tashxislash


Gelmintozni tashxislash quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
yuqtirish mumkin bo‘lgan sabablarini aniqlashga yordam beradigan anamnezni ehtiyotkorlik bilan yig‘ish;
najas, qon, ichak, mushak to‘qimalari, o‘pka balg‘amlari, safro tarkibining laboratoriya tekshiruvlari.
Tahlil natijasida parazitlarning tuxumlari, segmentlari yoki bo‘laklari aniqlanishi mumkin. Shu bilan birga, qondagi eozinofillarning ko‘payishi ham gelmintoz borligidan dalolat beradi.
Lichinka rivojlanish bosqichlari yoki to‘qima parazitlari natijasida kelib chiqqan kasalliklarni tashxislashda serologik tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Jigar to‘qimalariga ta’sir qiladigan gijjalarni aniqlash uchun ultratovush, KT va endoskopik tadqiqotlar buyuriladi.

Davolash


Parazitar infeksiyaning o‘tkir bosqichida bemorga detoksifikatsiya va desensitizm terapiyasi buyuriladi. Kasallikning og‘ir holatlarida tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra glyukokortikoidlar qo‘llaniladi.
Patogenning xususiyatini inobatga olgan holda maxsus terapiya dori vositalari sifatida maxsus gijjalarga qarshi kimyoviy vositalar buyuriladi.
Bunga parallel ravishda bemorga antigistaminlar va enterosorbentlarni qabul qilish buyuriladi. Davolashning yakuniy bosqichi ichak mikroflorasini normallashtiradigan probiotiklardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Maxsus yumshoq parhez ham buyuriladi (oziq-ovqat oson hazm bo‘ladigan va kam yog‘li bo‘lishi kerak).

Antigelmintik terapiya davrida bemordan shaxsiy gigiyenani qat’iyan saqlash talab qilinadi (qayta yuqtirishdan saqlanish uchun). Shu bilan birga, ko‘plab gijjalar turida barcha oila a’zolari va kasallangan bilan doimiy aloqada bo‘lgan shaxslar davolanishi kerak.

Oldini olish

Yana o‘qing:  Yugurish uchun qish yilning eng yaxshi fasli


– Shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilish;
– Ovqat pishirish texnologiyasiga qat’iy rioya qilish;
– Uy hayvonlarini muntazam tekshirish va profilaktik davolash;
– Yangi sabzavot, meva va ko‘katlarni yaxshilab yuvish;
– Daryo baliqlarini to‘g‘ri pishirish;
– Xom, ozgina tuzlangan va quritilgan baliqlarni iste’mol qilmaslik.

Durdona MUROTALIYEVA,

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: