Yuzdagi qora nuqtalar qanday paydo bo‘ladi?

Yuzdagi qora nuqtalar ko‘pchilikka tanish – ular terining har qanday turida paydo bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, ular nima sababdan paydo bo‘ladi va qora nuqtalardan qanday qutulish mumkin?

Qora nuqta ochiq komedonlar deb ham ataladi. Ular teri teshiklari teri yog‘i va o‘lik teri hujayralari aralashmasi bilan tiqilib qolganda hosil bo‘ladi.
Ko‘pchilik bilmasdan qora nuqta va yog‘ iplari deb ataladigan narsani adashtirishadi.
Qora nuqtada teri teshiklari butunlay tiqilib qoladi.
Yog‘ iplari (yog‘ kanallari) soch follikulasi tuzilishining elementidir. Ular teshikni yopmaydi, ular teshikni ichkarisidan yuqoriga qarab ko‘tariladi va terining yuza qismiga yog‘ olib chiqaradigan o‘ziga xos kanal bo‘lib xizmat qiladi.
Agar siz qora nuqtalardan xalos bo‘lishingiz yoki ularning sonini sezilarli darajada kamaytirishingiz mumkin bo‘lsa, unda yog‘ iplarini yo‘q qilish mumkin emas va kerak ham emas. Ular baribir yana paydo bo‘ladi.

Sizning yuzingizda qora nuqtalar mavjudmi yoki ular yog‘ iplarimi, buni tushunish uchun quyidagilarga e’tibor qiling:
– qora nuqta – to‘q rangda va zich holatda bo‘rtib chiqqan bo‘lib, tiqin shaklidagi birikmalar;
– yog‘li iplarning tarkibi shaffof sariq yoki kulrang rangga ega. Agar ular siqib chiqarilsa, vazelinga o‘xshash ipsimon birikma yuzaga chiqadi.

Odatda, quruq va normal terida bunday teshiklar deyarli ko‘rinmaydi, ­ammo yog‘li va aralash terida ular yog‘ ishlab chiqarishning ko‘payishi tufayli kengayishi mumkin. Komedonlar (qora nuqtalar) ushbu kanallardagi yog‘ tiqinlari juda qalinlashganda paydo bo‘ladi. Oksidlanish jarayonlari faollashadi va sebum tarkibidagi melanin pigmenti paydo bo‘ladi.

Yuzdagi kattalashgan teshiklar ko‘pincha oldindan genetik belgilanadi. Hech qanday kosmetika yoki lazer muolajasi ularni to‘liq olib tashlashga yordam bermaydi, teshiklarni faqat bir muddat toraytirish mumkin. Bu terining o‘ziga xos xususiyati, unga qarshi kurashish kerak emas. Kattalashgan teshiklar odatda yog‘li ishlab chiqarish ko‘paygan yog‘li yoki aralash terining belgisidir. Yog‘li teridan normal terini yasash mumkin emas, lekin uni shu holatga yaqinlashtirish mumkin.

Agar teringiz teshiklarni yopuvchi, oksidlanadigan va pigment hosil qiladigan juda qalin yog‘ni ajratsa, qora nuqtalar tez paydo bo‘ladi. Qora nuqtalar paydo bo‘lishiga quyidagi omillar sabab bo‘lishi mumkin.

Yana o‘qing:  582 ming nafar o‘quvchilar ishtirokidagi shaxmat chempionati boshlandi

Gormonlar.


Balog‘at yoshida, gormonal muvozanat buzilishi tufayli, yog‘ sekretsiyasi kuchayadi, bu esa husnbuzarlar va komedonlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ammo gormonal fonning beqarorligi katta yoshda ham sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, homiladorlik paytida yoki menopauza paytida.

Noto‘g‘ri ovqatlanish.


Bugungi kunga qadar ovqatlanish va terining holati o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik ilmiy jihatdan aniqlanmagan. Lekin teri muammolarining kuchayishi ko‘pincha diyetada quyidagilar paydo bo‘lgan bo‘lsa kelib chiqadi:
– yog‘li ovqatlar;
– shokolad;
– sut va yog‘li sut mahsulotlari;
– uglevodlar (non, xamir ovqatlar).
Shuningdek, husnbuzar ko‘pincha oshqozon-ichak kasalliklari (gastrit, oshqozon yarasi) bilan og‘riganlarda uchraydi. Agar siz terining muntazam yallig‘lanishidan aziyat cheksangiz, gastroyenterolog­ga uchrashing.

Noto‘g‘ri tanlangan terini parvarish qilish vositalari

Talk, silikon, kokos yog‘i va mineral moylar kabi moddalar komedogen hisob­lanadi. Albatta, barchasi ularning kosmetika tarkibidagi formuladagi foizga bog‘liq. Ammo agar siz ushbu yoki bosh­qa mahsulotni ishlatganingizdan so‘ng, teshiklar odatdagidan tezroq tiqilib qolganligini sezsangiz, ushbu tarkibiy qismlarning mavjudligini tekshiring.

Terini noto‘g‘ri tozalash.


Hatto ko‘p miqdordagi tonal krem, uni o‘z vaqtida tozalasangiz, teringizga zarar yetkazmaydi. Teri tonal krem va pud­ra ostida nafas olmasligi haqidagi fikr bekor gap, ammo bo‘yanish teri yog‘ini optimal tartibga solishga xalaqit berishi mumkin. Shuning uchun komedogen bo‘lmagan kosmetikadan foydalaning.

Terining eski qatlamini tozalamaslik.


Epidermisning o‘lik hujayralari teri yog‘ining yuzaga chiqishiga xalaqit bermasligi uchun terini piling qilish kerak.

Qanday qutulsa bo‘ladi?


Teshiklarni iloji boricha uzoq vaqt toza saqlash uchun bir necha oddiy ko‘rsatmalarga amal qiling.
Yuzingizni kuniga ikki marta yuvishni unutmang. Buni ertalab qilish juda muhimdir. Chunki yog‘ ishlab chiqarishning eng yuqori darajasi soat 4:00 dan 5:00 gacha bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi.
Sotib olishdan oldin kosmetika tarkibini o‘rganing, ayniqsa, qaysi tarkibiy qismlar siz uchun komedogen ekanligini bilishingiz kerak.
Terining o‘lik zarralarining to‘planishi teri yog‘ini sog‘lom tartibga solishiga xalaqit beradi va kosmetik vositalaringizdagi faol moddalarning teriga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Qora nuqtalar va yog‘ tiqinlarini olib tashlashning eng oson usuli shunchaki ularni siqib chiqarib tashlashdir. Ammo bu usul shikastlidir va noto‘g‘ri olib tashlash natijasida yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun hech bo‘lmasa to‘g‘ri tozalashni o‘rganish uchun kosmetologga tashrif buyurishni maslahat beramiz.

Mexanik tozalash kosmetolog tomonidan maxsus asbob yordamida qo‘lda amalga oshiriladi. Bu komedonlardan xalos bo‘lishning samarali, ammo eng shikast yetkazuvchi usuli va toshmalarning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Vakuumli tozalashda mutaxassis, avval terini bug‘lab, so‘ngra vakuumli maxsus apparatdan foydalanadi, apparat teshiklardagi yog‘ni so‘rib chiqaradi.
Bug‘lanishli tozalash (vaporizatsiya) da teriga ozon aralashtirilgan bug‘ bilan ishlov beriladi, bu teriga bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Bug‘ teshiklarga kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va teri yog‘ sekretsiyasini tartibga solishga yordam beradi.
Ultratovushli tozalash eng samarali va xavfsiz muolaja hisoblanadi. U ultratovush to‘lqinlari ta’sirida yog‘ tiqinlarini bir zumda olib tashlaydigan maxsus apparat yordamida amalga oshiriladi.

Yana o‘qing:  BESh KARRA “ENG YAXShI TENNISCHI”

Qora nuqtalarga qarshi kosmetikalar


Bozorda qora nuqtalardan xalos bo‘lish uchun yetarli mahsulotlar mavjud – terining turiga mos keladiganlarni tanlashingiz mumkin.
Yopishqoq niqoblar yoki qora nuqta chiziqlari nam teriga 10-15 daqiqa davomida yopishtiriladi. Shu vaqt ichida chiziq yoki niqoblarning yopishtiruvchi yuzasi teshiklardan yog‘ tiqinlarini «tortib oladi».
Loyga asoslangan tozalovchi niqoblar teri yog‘ini teshiklardan sirtga chiqarib tashlaydi va ularning tarkibidagi faol moddalar teri yog‘i sekretsiyasini normallashtirishga yordam beradi.

Kislotali (benzoik, salitsil, glikolik) krem va toniklar o‘lik hujayralarni tozalash jarayonini tezlashtiradi.

Durdona MURATALIYEVA,

Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: