OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI – MUHIM MASALA

Bugungi kunda aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlashga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Barchamizga ma’lumki, inson organizmi uchun kalsiy va D vitamini eng kerakli elementlardan biri bo‘lib, u baliq mahsulotida ko‘p miqdorda bo‘ladi.

Shu bois go‘sht mahsulotlari qatorida mahalliy bozorlarimizda baliq mahsulotini ko‘paytirish va uning tannarxini arzonlashtirish bugungi kun muammolaridan biri hisoblanadi.
Bu borada mamlakatimizda serdaromad soha bo‘lgan baliqchilikni jadal rivojlantirish, baliq yetishtirish hajmini oshirish, sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish hamda respublikada baliq turlari xilma-xilligini oshirishga yo‘naltirilgan bir qator ishlar amalga oshirilyapti. Jumladan, baliqchilikni rivojlantirish maqsadida joriy yilda 348 ta baliqchilik loyihalarining amalga oshirilishi belgilab olindi. Bugungi kunga qadar mazkur loyihalarning 332 tasi ishga tushirilishi natijasida 2100 nafar ishchi o‘rinlari yaratildi.
Shu bilan birga, joriy yilning shu davrigacha Namangan, Toshkent, Navoiy va Farg‘ona viloyatlaridagi baliqchilik xo‘jaliklariga 9,1 mln. dollar qiymatdagi horijiy investitsiyalar jalb qilindi. Mazkur ko‘rsatkich yil yakuniga qadar 9,4 mln. dollar qiymatga yetkaziladi.
Ushbu loyihalar doirasida lichinka ishlab chiqarish quvvati 470 mln. dona bo‘lgan 10 ta inkubatsiya sexlari ishga tushirildi va inkubatsiya sexlari soni 96 taga yetkazilib, joriy yilda 4,1 mlrd. dona baliq lichinkalari ishlab chiqarildi.

Baliq chavoqlarini yetishtirishga ixtisoslashgan 873 gektar maydonda quvvati 52 mln. dona bo‘lgan reproduktor havzalar barpo etilib, ularning maydoni 6,7 ming gektarga yetkazildi.

Yuqori sifatli omuxta yem ishlab chiqaruvchi 3 ta korxona hamda baliqni qayta ishlovchi 8 ta korxona ishga tushirildi.
Joriy yilda ham 110 gektar maydonda intensiv suv havzalari barpo etilib, jami intensiv suv havzalari maydoni 800 gektarga va quvvati 34,7 ming tonnagacha oshirildi. Tabiiy suv havzalariga 460 ta qafas moslamalari o‘rnatilib, ularning soni 3195 taga yetkazildi.

Aytish joizki, havzalarning intensivlashtirilishi natijasida bir gektar maydonda baliq yetishtirish hosildorligi 2-3 tonnadan 10-12 tonnagacha oshirildi. Intensiv usulda baliq yetishtirgan xo‘jaliklarga yetishtirilgan baliq hajmiga mos ravishda subsidiyalar ajratildi.


Shuningdek, sovuq suv baliqlarini yetishtirishga ixtisoslashgan korxonalarning quvvati oshirilib, joriy yilda 7 ta xo‘jaliklar ishga tushirildi va ushbu yo‘nalishdagi xo‘jaliklar soni 20 taga yetkazildi.
Hozirgi kunda Namangan, Toshkent, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bu borada yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
2021 yilda Buxoro, Jizzax, Navoiy, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida 1 tadan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyatida 2 tadan jami 9 ta baliqchilik klasterlari tashkil etilib, ularning soni 35 taga yetkazildi. Mazkur klasterlar tomonidan joriy yilda 29 ming tonna tovar baliq va 14 ming tonna baliq mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Yana o‘qing:  Tomorqa – daromad manbai

Maryam AHMEDOVA,
Amal SOLIYEVA.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: