O‘ZBEKISTONDA MADANIY MEROS HAFTALIGI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati va OAV milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan Madaniy meros haftaligi o‘z yakuniga yetdi.
YUNESKO, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, «Eriell Group» neft servis kompaniyasi ko‘magida tashkil etilgan xalqaro tadbirda dunyoning 40 ga yaqin mamlakatlardan 350 nafar tarixchi, hattot va sharqshunos olimlari ishtirok etishdi.


Ushbu V Xalqaro kongress 13-21 sentyabr kunlari Toshkent, Xiva va Nukus shaharlarida o‘tkazilib, bunda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Yalpi majlisdan so‘ng jahonning muzey va kutubxonalariga «O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida» turkumiga oid kitob-albomlarning 500 jildi topshirildi. Shundan so‘ng ikki kun davomida sho‘ba majlislari o‘tkazilib, unda O‘zbekiston qo‘lyozmalari, me’moriy obidalari va boshqa madaniy meros namunalarini asrash yuzasidan dunyo olimlarining ma’ruzalari tinglandi.


Saoman al-Mahariy,

Baxrayn Madaniyat, arxeologiya, muzeylar va osori atichalar boshqarmasi mudiri, arxeologiya bo‘yicha falsafa doktori:

– «O‘zbekiston madaniy merosi – dunyo to‘plamlarida» loyihasini amalga oshirish madaniy va ilmiy jamiyatimizda katta voqeadir. Loyiha O‘zbekiston tarixiy-madaniy merosining qanchalik bebaho va ulug‘vor ekani, uning dunyo madaniyatidagi o‘rnini ko‘rsatadi. Bu esa turli davlat va yo‘nalishga ega insonlarni birlashtirib, ularning faoliyati kengayib borayotgani bilan ajralib turadi.


Madaniy meros haftaligi doirasida O‘zbekiston fuqarolari va xorijlik mehmonlarni san’atimizning noyob durdonalari bilan tanishtirish maqsadida o‘ndan ortiq ko‘rgazmalar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, o‘zbek san’atining jahon va oltin fondida saqlanayotgan durdonalariga bag‘ishlangan 50 ta noyob kitoblar muzeylarga topshirildi.
17-20 sentyabr kunlari esa tadbir davomi sifatida Nukusda II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali boshlandi.

Festivalga YUNYeSKO, TURKSOY kabi xalqaro tashkilot mutasaddilari, xorijiy davlatlardan martabali mehmonlar, ekspertlar, mahalliy madaniy meros, ilm-fan, san’at va ekspertlar hamda OAVlari vakillari tashrif buyurishdi.
Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi va Markaziy Amfiteatrda II Xalqaro Baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimi va konsert dasturlari bo‘lib o‘tdi.


18 sentyabrda Opera va baxshichilik san’ati maktab-internatida «Baxshichilik san’atining jahon madaniyati svilizatsiyasida tutgan o‘rni» nomli xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
18-19 sentyabr kunlari Xalqaro baxshichilik san’ati tanlovi o‘tkazildi.
Maqsad baxshichilik san’atini respublika va xalqaro miqiyosda keng targ‘ib qilishdan iboratdir.

Yana o‘qing:  Sport xabarlari (2015/15)

Arxeologiya va turizm salohiyatini aniqlash va saqlash mavzusiga bag‘ishlangan anjuman ham hayajonli o‘tdi.Bizning YUNYeSKO umumjahon merosi tarkibiga kiradigan 5 ta madaniy merosimiz qayd etildi.
Jahon arxeologiya xodimi Aleksandro Makarigakis ma’ruzasida shunday dedi: Ushbu madaniy meros doirasida o‘tayotgan xalqaro anjuman mamlakatingizda arxeologiya va barqaror turizmini rivojlatirishda katta hissa qo‘shadi.

Festival doirasida ishtirokchi va mehmonlar uchun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida «Xalq uchun» milliy operasi namoyishi va Mo‘ynoq tumanidagi madaniy meros ob’yektlariga sayohat tashkil etildi.
Festival katta taassurotlarga boy holda yakunlandi.

Maryam AHMEDOVA,
AmalSOLIYEVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: