Dunyo e’tirofidagi brend tibbiyot mahsulotlari yurtimizda ishlab chiqarilmoqda
«CHIRANA ASIA» Slovakiya-Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasiga bir guruh OAV xodimlari ishtirokida press-tur tashkil etildi. Unda jurnalistlar zavod ishlab chiqarayotgan va milliy mahsulotimizga aylangan tibbiy apparatlar va malakali ustalarning uskunalarni terish jarayonlari bilan tanishdilar.
Mashhur “SHIRANA” Slovakiya brendi tomonidan ishlab chiqariladigan narkoz-nafas apparatlari va o‘pkaning sun’iy nafas apparatlari bugungi kunda nafaqat xorij davlatlari, O‘zbekistonning ham mahalliy ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi.
Zavodning rasmiy ochilishi 2021 yil 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu tadbirda Slovakiyaning yuqori mansabdor shaxslari – Slovakiya TIV Davlat kotibi Ingrid Brodskova, O‘zbekistonning Innovatsion rivojlanish vaziri I.Y.Abdurahmonov, Slovakiya va Rossiya elchilari Yan Bori va V.Tyurdenevlar qatnashdi.
Brendning tashkil topishi tarixidan ma’lumki: 1935 yilda tashkil topgan Yevropaning mashhur «CHIRANA» tibbiyot jihozlari ishlab chiqaruvchisi bugungi kunga kelib, Sharqiy Yevropaning tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlarini ishlab chiqarishda yetakchilardan biridir.
50-yillarda sobiq Ittifoqning bozorini egallagan «CHIRANA» tibbiyot jihozlari o‘zini ishonchliligi, boshqarish va xizmat ko‘rsatishda sodda, anesteziolog-reanimatologlarning hamyonbop yordamchilari sifatida ko‘rsatib kelmoqda.
Aytish joizki, hozirgi kunga qadar O‘zbekistonning bir qator shifoxona va klinikalarida allaqachon o‘z resurslarini o‘tayotgan ANEMAT rusumli tibbiy apparatlar samarali ishlatilib kelinmoqda.
Kompaniyaning asosiy strategik vazifasi O‘zbekiston Respublikasida narkoz-nafas apparatlari va o‘pkaning sun’iy nafas apparatlari, tibbiyot konsollari, simulyatorlarni ishlab chiqarish bo‘yicha kuchli ishlab chiqarish kompleksini yaratishdan va respublikaning barcha tibbiyot muassasalarini dunyo darajasidagi, mukammal servis xizmat ko‘rsatishga ega bo‘lgan asbob-uskunalar bilan jihozlashdan iborat.
Bugungi kunga kelib, tibbiyot texnikasining 70 ga yaqin birligi ishlab chiqarildi. Aynan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va IIV Markaziy gospitali, 1-shahar klinik shifoxonasi, «DMC» klinikasi va boshqa davolash muassasalariga o‘rnatilgan o‘pkaning sun’iy nafas apparatlari allaqachon 10 ming soatlik ekspluatatsiya muddatlarini o‘tab kelmoqda va har bir apparat o‘zini ijobiy tomondan namoyon qilmoqda. Shu bilan bir vaqtda Slovakiyaning O‘zbekistondagi «CHIRANA» kompaniyasi tomonidan dastavval ishlab chiqarilgan ko‘pgina apparatlari qayta tekshiruvdan o‘tkazildi.
Tegishli servis xizmat ko‘rsatish imkoniyati yo‘qligidan shifoxonalarning omborlarida turgan apparatlarda ta’mirlash ishlari va servis xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirilib, qayta ekspluatatsiyaga topshirildiyu.
Har oyda «Chirana Asia» zavodining O‘quv markazida O‘zbekistonning taniqli reanimatolog-anesteziologlari o‘quv-seminarlari o‘tkazadilar, zavodning yetakchi mutaxassislari tomonidan esa seminar qatnashchilarini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni amalda qo‘llanilishi va ushbu jihozlarning imkoniyatlari bilan tanishtirib boradilar.
Tojdor virus pandemiyasining turli shtammlari avj olgan davrda, o‘pkaning sun’iy nafas apparatlari bilan bir vaqtda, kovid markazlari va jonlantirish bo‘limlarida qo‘llanilib kelinayotgan turli rusumdagi sun’iy nafas olish apparatlariga mos keluvchi universal nafas olish konturlari, issiqlik-namlik almashuvchi filtrlar, nebulayzerlik kisloroddan nafas olish niqoblari va faol kislorod terapiyasi niqoblari va boshqa shu kabi sarflash materiallarining yetishmoqchiligi yuzaga kelgan bo‘lib, bizning korxonamiz ushbu sarflash materiallarini O‘zbekiston va Rossiya zavodlari omborlaridan zaruriy miqdorda yetkazib berish imkoniyatiga ega.
Bugungi kunda, ishonch va g‘urur bilan aytish joizki, O‘zbekistonda ham butun dunyo tomonidan e’tirof etilgan brend ostidagi tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqarilayotgani ayni haqiqat.
Tez kunlarda Markaziy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining turli davlatlari tibbiyot muassasalarida «Made in Uzbekistan» (O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan) brendi keng tarqalishiga ishonch bildirib qolamiz.
Maryam AHMEDOVA