Terak guli allergiyaga sabab bo‘lishi mumkin(mi?)

Allergiya – giperta’sirchanlik, organizmning ma’lum allergenlar ta’siriga o‘zgargan, o‘zgacha reaksiyasidir. Bu immun tizimimiz beozorgina moddalarga favqulodda shiddatli reaksiya ko‘rsatadi va organizmga zarar yetkazmaydigan allergenlardan juda qattiq himoyalana boshlaydi. Odatda allergik reaksiyalar tezda namoyon bo‘ladi va qichishish, teri yuzasining qizarishi kabi o‘zgarishlar bilan kuzatiladi. Xuddi shunday reaksiyalar, qizarish, achishish, shishlarning paydo bo‘lish holati nafas yo‘llarida ham sodir bo‘lishi, bu hatto, o‘limga ham olib kelishi mumkin.

Amalda atrofimizdagi istalgan narsa, buyum, predmet allergenga aylanishi mumkin: quyosh, mushuk, daraxt va o‘simlik gullari changgi, sevimli taom, uydagi chang, sovuq, kosmetika, dorilar va hokazo. Bu ro‘yxatni esa davom ettirish mumkin. Allergiya rivojlanishida asosiy omil, induvidual sezuvchanlik va irsiyat ekani ma’lum. Ota-onadan bittasi allergiya bilan og‘risa, bolada allergiya rivojlanish ehtimoli 35-45 foiz, ham ota, ham ona allergik bo‘ladigan holatda bolaning bu kasallikka chalinish ehtimoli 80-85 foiz tashkil etadi. Allergik kasalliklarga teraklar ham sababchi bo‘lishi mumkin.

Uydan hovliga chiqishingiz bilan pardek uchib yurgan Kaliforniya teragi gullari, avvalo, ko‘zingizni oladi, qor yog‘yaptimi deb o‘ylaysiz. So‘ng biroz tashqarilagach, par gullari burningizga, qulog‘ingizga, ehtiyot bo‘lmasangiz, ko‘zingizga kirib ketadi. Ular uchib-uchib, burchaklarda, duch kelgan joyda to‘planib, atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘ladi. Mutaxassislarning aytishicha, aynan Kaliforniya teragi kelishi bilan o‘zimizning teraklarga ham gullash dardi yuqqan.

Allergiyasi bor bemorlar uchun bu ancha xavfli bo‘lib, turli kasalliklarning urchishiga olib keladi. Masalan, allergik rinit (burun bitishi, oqishi, qichishishi, aksirish), allerik konyuktivit (ko‘z yoshlanishi, qichishishi, qum kirib qolgandek hissiyot bo‘lishi kabilar) yoki bo‘lmasam allergik rinokonyuktivit (ham burunda, ham ko‘zda ikkala a’zoda, ham yuqoridagi belgilar birgalikda kelishi) ko‘rinishida kechadi. Kasallik avj olishini kutib turmasdan kasallikning oldini olish zarur. Hozirgi kunda esa buning iloji bor.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, profilaktik davo maqsadida ayni bahor mavsumida bemor o‘zini changdan himoya qilish, parhez tutish, burun bo‘shlig‘i va tomoqni tez-tez oddiy suv yoki tuzli suvda chayish, turli zararli odatlar – ichish, chekishdan voz kechish, vaqti-vaqti bilan allergolog ko‘rigiga, asosan, qish faslida nazoratdan o‘tish, antigistamin dori vositalari, burun bo‘shlig‘iga ishlatiladigan tomchi, purkaluvchi sintetik glyukokortikosteroidlar va allergiyaga qarshi vaksinani shifokor allergolog-immunolog nazoratida qabul qilish tavsiya qilinadi.

Davolash ishlari allergolog-immunolog nazoratida olib borilsa, bemor bu kasallikdan butunlay tuzaladi.

Sherzod MUXTOROV,

Yana o‘qing:  Har kuni pomidor iste’mol qilish teri saratonidan saqlaydi

allergolog-immunolog

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: