Ustozlar
Siz mohir bog‘bondirsiz,
Biz esa gulg‘unchalar.
Nasihat, o‘gitingiz,
Yurakda tugunchalar.
Harflarni tanidik shod,
O‘rgandik yozishni ham.
Mehringiz quyosh misol,
O‘quvchim deysiz har dam.
Aytgan har bir so‘zingiz,
Duru gavhardan a’lo.
Ta’zimdamiz ustozlar,
Yashang turguncha dunyo!
Javohir BAHROMOV,
Jizzax shahridagi 14-maktab o‘quvchisi