6 ta jahon rekordi yangilandi

Poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Hozirda terma jamoamiz vakillaridan Og‘abek Nafasov (-55 kg) dast ko‘tarish mashqida kumush, Muattar Nabiyeva (-55 kg) dast ko‘tarishda kumush va ikki kurashda bronza, Adhamjon Ergashev (-67 kg) siltab ko‘tarish va ikki kurashda bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

Musobaqaning birinchi kunidayoq 3 ta jahon rekordi qayd etilgan edi. Hozirgi vaqtga kelib, jami 6 ta jahon rekordi yangilanganini e’tirof etish joiz.

Bugun – 21 aprel kuni erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

Mazkur vazn toifasidagi bahslar 19:00 ga belgilangan.

Amal SOLIYEVA,
Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  Oziq-ovqat sanoati: istiqbolli rejalar, muhim vazifalar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: