Farovon hayotimiz asosi

Poytaxtimizdagi 59-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Toshkent shahar Shayxontohur tumani bo‘limi vakillari, “Xadra” MFY diniy ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi ishtirok etdi.

Tadbirda o‘quvchilar Konstitutsiya bergan imkoniyatlar, uning moddalarini chuqur o‘rganishlari, o‘zlaridagi yorqin g‘oyalarni huquqiy asoslar orqali hayotga tatbiq etish va huquqiy bilimlarini oshirishlari lozimligi borasida so‘z yuritildi.

Qomusimiz moddalari sahna ko‘rinishlari va she’rlar orqali ifodalandi. Kuy va qo‘shiqlar, jozibador raqslar tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

M. AHMEDOV

Yana o‘qing:  “Salomatlik” poyezdi – ezgulik elchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: