Milliy g‘oya – ezgu g‘oya

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan dekabr oyi “Milliy g‘oya” turkumiga kiruvchi fanlar oyligi deb e’lon qilingan.

Xorazm viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ham oylik doirasida ochiq namunaviy darslar, davra suhbatlari, turli ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar tashkil etilyapti. Yaqinda o‘tkazilgan “Konstitutsiya – huquqimiz kafolati” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar ham ana shu mavzuga bag‘ishlandi. Mutaxassislar yig‘ilganlarga Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati haqida hayotiy misollar asosida o‘zlarining fikrlarini bildirdilar.

Shu bilan birga miliiy g‘oya turkumiga kiruvchi fanlar oyligida institutimizda “Miliy g‘oya – bizning g‘oya” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmadan devoriy gazeta va yangi nashrdan chiqqan ma’naviy-ma’rifiy kitoblar, jurnallar, fan oyligiga doir tavsiyalar joy olgan. Institutimizning kiraverish qismidagi monitorda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar to‘g‘risidagi fotolavhalar slaydlar orqali namoyish qilinyapti. Fan oyligi davomida tinglovchilar o‘rtasida ijodkorlarni aniqlash borasida eng yaxshi rasm chizadigan, she’r yozadigan, eng yaxshi slayd tayyorlaydigan izlanuvchan pedagoglarni saralab olish uchun ham tanlovlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Tadbir so‘nggida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar atroflicha javob berdi.

Zulfiya Yaqubova,

Xorazm viloyat PKQTMOI “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari” kafedrasi o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: