Jarrohliksiz radioto‘lqinli davolash usuli
Reklama o‘rnida
Klinika ichkarisiga kirarkanman, bu yerda tibbiy xizmat ko‘rsatayotgan mutaxassislar haqida mijozlarga batafsil tushuncha berayotgan hamshiraning muomala madaniyati beixtiyor diqqatimni tortdi. U gapini tugatib, davo istab kelgan bemorni qaysi mutaxassisga murojaat etishini tushuntirgach menga e’tibor qaratdi. Klinika rahbari xonasi tomon kuzatarkan, mayingina jilmayib, o‘z ishini davom ettirdi…
Tibbiyot sohasining oliy maqsadi inson salomatligini saqlashdir. Bu borada mamlakatimizda yangidan-yangi zamonaviy tibbiyot maskanlari, xususiy klinikalar qad ko‘tarayotgani, mutaxassis kadrlar va malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash, xorijiy tajribalarni qo‘llash, bilim va malaka oshirishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Tajribali urolog Dmitriy Vdovin rahbarlik qilayotgan «Frank-Medik» klinikasining faoliyat ko‘rsatayotganiga 7 yildan oshdi. Bugungi kunda klinikaga nafaqat respublika miqyosida, balki qo‘shni davlatlardan ham davo istab kelayotganlar talaygina. Urolog xonasiga kiraverishda urolog maslahati va davosiga muhtoj bo‘lib navbat kutib o‘tirgan o‘ndan ziyod bemorlar fikrimizga yaqqol misoldir. Men ham biroz kutish barobarida, vaqtdan foydalanib, klinikadagi tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi, laboratoriya, mutaxassislar xonalari, tibbiy apparat va uskunalar hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishga ham ulgurdim.
– Klinikamizda tibbiyotning ilg‘or usullaridan biri – jarrohliksiz radioto‘lqinli adenoma-prostatani davolash va siydik yo‘llarini ochish amaliyoti qo‘llanilmoqda. Ixchamgina jamoamizda tajribali mutaxassislar faoliyat ko‘rsatadi, – deydi klinika rahbari Dmitriy Vdovin. – Nevropatolog Arsen Aslanyan AQSH nevropatologlar assotsiatsiyasi a’zosi, tibbiyot fanlari nomzodi. Akusher-ginekolog Aleksandr Tyan xorij davlatlarida, xususan, Koreyada har yili malaka va tajribasini oshirib qaytadi. O‘n besh yillik tajribaga ega endokrinolog-xirurg, oliy toifali shifokor Baxtiyor Azizov bo‘qoq tugunini lazer bilan kuydirish, davolash va kasallikni aniqlash ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Laborant, oliy toifali ximik Ilvira Safina yordamchi laborant bilan olingan tahlillarni tezkor va to‘g‘ri tahlillab, davolovchi mutaxassislarga yetkazilishini ta’minlamoqda.
Barcha sohada islohotlar amalga oshirilayotgan ayni paytda, tibbiyot sohasida olib borilayotgan izlanish va yangilanishlar ham o‘z samarasini bermoqda. Kasalliklarning oldini olish va davolash, lazer, nur, radioto‘lqinli usul bilan jarrohliksiz davolash, zamonaviy-tibbiy uskunalar yordamida aniq va to‘g‘ri tashxislash, xorij davlatlarida borib, amaliyot o‘tab kelish kabilar shular jumlasidan.
Yurtimizda tug‘ilib o‘sgan, Toshkent tibbiyot akademiyasini tugallagach, tibbiyot sohasida faoliyat ko‘rsatish barobarida, Germaniya va bir qancha xorijiy davlatlarda tajriba orttirib, amaliyot o‘tagan Dmitriy Vdovin talabalik paytidayoq o‘z klinikasi va jamoasi bo‘lishini orzu qilgani shubhasiz.
Intilganga tole yor, deyishadi. Bugungi kunda Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan «Frank-medik» klinikasida o‘ziga xos noan’anaviy usulda jarrohliksiz, radioto‘lqinli usul bilan adenoma-prostatit kasalligini davolash va siydik yo‘llarini ochish, farzandsizlik, buyrak yetishmovchiligi kasalliklarini samarali davolab kelayotgan Dmitriy Vdovinning qo‘lidan yuzlab bemorlar shifo topmoqda. U Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Moskva, Monako, Isroil va Qozog‘istonda amaliyot o‘tagan.
Yigirma nafarga yaqin jamoani boshqarib kelayotgan tajribali rahbar talabchanlikni, har bir ishni o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini o‘zining asosiy vazifasi deb biladi. Shu bois klinika xizmatidan mijozlar mamnun.
Klinika laboratoriyasida barcha turdagi tahlillar, jumladan, biokimiyoviy, garmonal, siydik va qon tahlillarini aniqlash imkoniyati mavjud. Bir kunda 50-60 nafargacha bemorga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotgan klinikadagi UZI va boshqa tibbiy apparatlarning mavjudligi kasalliklarni tezkor aniqlashda qo‘l kelmoqda. Bemorlar uchun muolajalar, mutaxassislar buyurgan amaliyotlarni bajarishda bosh hamshira Barno Dehqonovaning mehnati beqiyos. Ishni rejali va o‘z vaqtida tashkil etish, bemorlarni muolajaga tayyorlash, pullik xizmatdagi dori-darmonlarning nazorati, ozodalik va osoyishtalikni ta’minlash, mijozlarni ro‘yxatga olib, navbatga qo‘yish kabilar bosh hamshiraning e’tiboridan aslo chetda qolmaydi.
Aytish joizki, ekologiyaning buzilishi, kamharakatlilik, noto‘g‘ri ovqatlanish va boshqa sabablar tufayli orttirilgan turli kasalliklarni samarali davolash bugungi kunda xususiy klinikalarda yuqori va sifatli darajada amalga oshirilayotgani e’tirofga loyiq.
Xususiy klinikalar va davlat tibbiy muassasalari o‘rtasidagi raqobat esa yaxshilikka xizmat qiladi. Chunki bemor o‘z dardiga davo topish uchun, avvalo, tajribali, sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish muassasasi va bilimli shifokorga murojaat qilishni xohlaydi va salomatligini tiklash borasida har qanday xarajatdan qochmaydi.
Shu bois zamon talabi darajasidagi tibbiy xizmat ko‘rsatish, kasalliklarni samarali davolash bugungi shifokorlardan izlanish, yuksak bilimli, tajribali bo‘lishni, o‘z kasbiga sadoqat va sidqidildan mehnat qilishni talab etadi.
Ana shunday mas’uliyatni his etib, mehnat qilayotgan «Frank-medik» jamoasi ayni paytda, jahon standartlari asosida aholi salomatligini saqlash, xastalangan insonlarni kasalliklardan forig‘ qilishdek ezgu yo‘lda mehnat qilishga ahd qilganlari shubhasiz.
Manzil: Qorasuv-4, 3B-uy.
Telefonlar: (90)178-70-11, (71)266-11-19, (71)266-10-90
Maryam AHMEDOVA