«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi: faoliyat qisqa satrlarda

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Andijon viloyati hududiy filiali xodimlari Oltinko‘l tumani «Bedil» va «Paxtakor» MFYlarda 110 nafar kam ta’minlangan, yakka-yolg‘iz otaxon va onaxonlar, ayollar va bolalarni manzilli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Dori-darmonlar, gigiyenik vositalar tarqatildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Jizzax viloyati hududiy filiali xodimlari Sharof Rashidov tumanidagi «Umar», «Nonisangil», «Sovungarlik», «Saraylik» MFYlarda yashovchi 380 nafar kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. 270 nafar kam ta’minlangan fuqaroga muruvvat yordamlari ko‘rsatildi. Nogironlar, keksalardan manzilli xabar olindi. Yuqumli kasalliklar profilaktikasi yuzasidan tashviqot ishlari olib borildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Sirdaryo viloyati hududiy filiali xodimlari Sayxunobod tumanidagi Turon mahallasida ayollar daftarida ruyxatda turuvchi ayollar va nogironligi bor aholining 60 nafarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Dori-darmonlar tarqatildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Toshkent viloyati hududiy filiali xodimlari Yangiyo‘l tumanidagi «Gulis­ton» MFYning bir qator ko‘chalaridagi xonadonlarda istiqomat qiluvchi 104 nafar kam ta’minlangan aholi vakillarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. UTT tekshiruvi tashkil etilib, dori-darmonlar berildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Farg‘ona viloyati hududiy filiali xodimlari Dang‘ara tumanidagi «Oqtepa» MFY, Marg‘ilon shahridagi «Nodirmat» MFY, «Navro‘z» MFYlarda 764 nafar kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. 166 nafar kishi UZD, 39 nafar kishi EKG qilinib, dori-darmonlar tarqatildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Xorazm viloyati hududiy filiali xodimlari Tuproqqal’a tumani «Sarimoy» QVPda chegarachilar oila a’zolarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Dori-darmonlar tarqatildi.

Yana o‘qing:  Men va oilam sportchi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: