Istadim

Bugun 9 fevral – buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun!

Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.

Kimga kim jonim fido aylab sog‘indim dam-badam,
Ermas erdi yorliqda chun vafodor istadim.

Bilmadim olam elida yo‘qturur mutlaq vafo,
Vahki, umri ulcha yo‘qtur sog‘inib yor istadim.

Ulki, topilmas bashar jinsida vah g‘aflat ko‘rung,
Kim pari xaylida men devonai zor istadim.

Sirri ishqimni ko‘ngul ko‘z birla fosh etmak ne tong,
Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim.

Shayx birla xonaqahdin chun yorug‘luq topmadim,
Dayr piri xizmatig‘a ko‘yi xammor istadim.

Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu g‘ussadin,
O‘zni bekaslik balosig‘a giriftor istadim.

Yana o‘qing:  HAR BIR INSONGA MEHR VA E’TIBOR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: