“Tovoqsoy” – so‘lim sihatgoh
Toshkent viloyatining xushmanzara Bo‘stonliq tumanidagi “Tovoqsoy” qishlog‘ida shu nomdagi sihatgoh joylashgan. Respublikaning turli hududlaridan kelgan keksa yoshdagi faxriylar, shuningdek, aholining kam ta’minlangan, ko‘p bolali, yolg‘iz va boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga mansub fuqarolar bu so‘lim go‘shada yil davomida dam oladi va davolanadi.
Bu sihatgoh hududida 2012 yilda qisqa muddatda eng so‘nggi rusumda jihozlangan yangi zamonaviy davolash muassasining qo‘shimcha binosi foydalanishga topshirildi.
Bemorlar UTT tibbiy uskunasi, EKG, diagnostika laboratoriyasi, stomatologiya va turli davolash fiziologik muolajalari xonalari xizmatidan mamnun. Joriy yilda anchadan beri qurilishi chala yotgan yana bir bino qurib bitkazildi va to‘liq ta’mirdan chiqarildi. Shuningdek, yozgi pavilon ham bu yil qurib bitkazildi. Hozirda uning yoritilishi va jihozlanishi bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Yozgi ochiq ayvonda dam oluvchilar turli xil ko‘ngilochar mashg‘ulotlar bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Konsert tomosha qilishadi. Bu so‘z bilan aytganda maroqli dam olishadi. 2014 yilda davlat dasturiga muvofiq yana ushbu tibbiy muassasaning ikkita yangi binosi qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.
Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Tovoqsoy” sihatgohida yo‘llanma bilan dam olishga bordim.
Odatda ko‘pchilik sovuq kunlarda dam olishni ma’qul ko‘rmaydi. Ammo bunday kunlarda ham dam olishning gashti o‘zgacha bo‘lar ekan. Musaffo tog‘ havosi va xushmanzara tabiat kishiga xush yoqadi. Sihatgoh bog‘idagi archalarni aytmaysizmi?! Bunday tabiat qo‘ynida yurib, ona yurtimiz nihoyatda go‘zal va maftunkorligiga yana bir bor amin bo‘ldim.
Bu sihatgohda xonalar issiq, oshxonada ham sharoitlar o‘z o‘rnida. Oshpaz opa-singillarimiz dam oluvchilar uchun mazali taomlar tayyorlab berishdi. Bosh shifokor Nurali Yo‘ldoshev, bosh shifokor o‘rinbosari Abdurashid Nosirov har kuni dam oluvchilardan hol-ahvol so‘rab, kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishga urinishadi. Belgilangan muolajalar ham o‘z vaqtida o‘tkaziladi. Tibbiy muassasada tashkil etilgan fitobar, igna bilan muolaja qilish dam oluvchilarning sog‘lig‘ini yanada tiklanishiga yordam beradi. Oliy toifali shifokor Salima opa Rahmetova, nevropatolog Usmon Qodirov, terapevt Shoira Xolmatova, hamshira Dilbar Jonibekovalarning mehnati alohida e’tiborga loyiqdir.
Bu yerdagi shart-sharoitlar va bemorlarga xizmat ko‘rsatish yaxshi yo‘lga qo‘yilgani bois, yigirma kun qanday o‘tganini sezmay qolasiz. Ammo bu yerdan olingan hordiq va cheksiz ta’assurot insonga yillar davomida hamroh bo‘ladi.
Samad AHMAD,
Oqtosh shahri
Mazkur bino 200 nafar kishiga mo‘ljallangan. Sihatgoh hududidagi turli mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek, gullar dam oluvchilarning bahri dilini ochib, ularning tezroq sog‘ayib ketishiga zamin yaratadi. Turli o‘simliklar, dov-daraxtlar va shifobaxsh giyohlarning xushbo‘y iforiga to‘yingan toza tog‘ havosi inson ruhini tetiklashtiradi. Qalbingizga olam-olam quvonch bag‘ishlaydi. Sihatgohning bosh shifokori Nurali Yo‘ldoshev va uning o‘rinbosari Abdurashid Nosirov bilan suhbatlasha turib qilingan ishlardan tashqari rejada hali bajarilishi lozim bo‘lgan talay vazifalar borligini bildim. Chunonchi, sihatgohda suzish havzasi, favvora qurilishi va “Jonli burchak” ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu sihatgoh rahbariyati tomonidan dam oluvchilarning ko‘ngilli hordiq chiqarishlari uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ya’ni, bemorlar bu yerda 16 kun davomida davolanishi bilan birga, poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari, shuningdek, Beldersoy, Chimyon, Chorvoq va Zangiota, Burchmulla, Xo‘jakent kabi xushmanzara hududlarga ham sayohat qilishadi. Sihatgohda ko‘p yillik tajribaga ega, mahoratli, shirinsuxan va qo‘li yengil shifokorlar – bo‘lim mudiri S.Irismetova, M.G‘ulomova, N. Hasanboyeva, nevropatolog U.Qodirov, laborant-shifokor X.Norimboyeva, laborant Z.Ibragimova, hamshiralar E. Bahodirova, D.Janisbekova, M. Hojimatova va boshqa shu kabi tibbiyot xodimlaridan bu yerda dam olayotgan barcha fuqarolar minnatdor.
Malohat NAZAROVA