Eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi aniqlandi

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari Q.Quronboyev mamlakatimizda yoshlarni zamonaviy bilim va tafakkurga ega, yuksak ijodiy-intellektual salohiyat sohibi etib voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi yangilanish jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Ta’lim tizimida “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” o‘quv fani, “Ma’naviyat soatlari” joriy etilgani yoshlarning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi yuksak o‘zgarishlardan xabardor etish, ularni sog‘lom va mustaqil fikrli shaxslar qilib voyaga yetkazishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

“Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” respublika ko‘rik-tanlovidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot sohasi mutaxassislari faoliyatini atroflicha o‘rganish, tahlil etish, bu boradagi ilg‘orlar ish tajribasini ommalashtirishdan iboratdir.

Tanlov jarayonida targ‘ibotchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ish jarayoniga unumli tatbiq eta olishi, ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar auditoriyasi bilan ishlash mahorati, ularga ijobiy ta’sir o‘tkaza olish qobiliyati, “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan himoyalay olishga doir ish uslubiga asosiy e’tibor qaratildi.

– Ushbu mukofot, avvalambor, rag‘bat, shu bilan birga yelkamizga katta mas’uliyatni yuklaydi. Yoshlarning tarbiyasi, ma’naviyati, dunyoqarashi keng bo‘lishi uchun barchamiz mas’ulmiz, – deydi tanlov g‘olibi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bosh mutaxassisi Otabek Bozorov.

Tadbirda “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” respublika ko‘rik-tanlovining turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblariga sovrinlar topshirildi.

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Dunyo va salomatlik (2013-48)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: