Kubok musobaqalari yakunlandi

Qarshi shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha

O‘zbekiston kubogi musobaqalari yakunlandi.

Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridan yuzga yaqin sportchi ishtirok etgan musobaqada g‘oliblar xalqa, bulava, tasma va to‘p bilan bajariladigan mashqlarda to‘plagan ballari hamda jamoaviy chiqishlariga ko‘ra aniqlandi. Toshkent viloyati gimnastikachilari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

– Prezidentimiz rahnamoligida badiiy gimnastikani rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida qizlar o‘rtasida bu sport turi tobora ommalashib bormoqda, – deydi “Toshkent-1” jamoasi vakili Samira Amirova. – Mamlakatimizning chekka va olis tumanlarida ham muhtasham sport majmualari barpo etilib, zamonaviy jihozlar va malakali mutaxassislar bilan ta’minlangani buning asosiy omilidir.

Musobaqa doirasida 2001-2005 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida “Go‘zallik malikalari” turniri ham tashkil etildi. Qashqadaryo viloyati miqyosida o‘tkazilgan mazkur musobaqada Dilmira Ashurova oltin, Sabina Najmiddinova, Azizaxon Mirzayeva, Komila Mengliyeva kumush, Sevinch Shamsiyeva, Sevinch Omonova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘.BAROTOV,

O‘zA.

Yana o‘qing:  Kulgu-shifo (2013-47)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: