Mahalla instituti faoliyati takomillashmoqda

Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.

Bugun O‘zbekistonda “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida inson huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda.

Bunday keng ko‘lamli yangilanishlar jarayonida noyob boshqaruv tizimi – mahallaning o‘rni tobora ortib borayotir. Ayniqsa, aholini aniq manzilli ijtimoiy himoya qilish, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan yaqin munosabat o‘rnatish, jamiyatda ahillik va totuvlikni ta’minlashda mahallaning o‘rni beqiyos.

– Prezidentimiz rahnamoligida fuqarolar yig‘inlari tomonidan ushbu vakolatlarni amalga oshirish bo‘yicha mustahkam huquqiy asos yaratildi, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi Topvoldi Xoldorov. – Xususan, yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni mahallalar faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Mazkur qonunga ko‘ra fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar muvofiqlashtirish kengashlari tuzilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 30 sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham mahallalar faoliyatini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur qarorga ko‘ra Respublika kengashiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, faoliyatini tahlil qilish, takomillashtirish yuzasidan aniq, asoslangan taklif va ta’sirchan mexanizmlar ishlab chiqish, fuqarolar yig‘inlarining ilg‘or tajribasini ommalashtirish, istiqbolli g‘oya va loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish va boshqa ko‘plab ishlar asosiy vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan.

Farg‘ona viloyatida ham fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengash tuzilib, tarkibi tasdiqlandi. Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini yuksak saviyada, xolis va adolatli tashkil etishga yaqindan ko‘maklashmoqda.

Yana o‘qing:  QAT’IYAT, INTILISH BEIZ KETMAYDI

M.SULAYMONOV,

O‘zA.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: