FARZANDIMIZGA NIMA KERAK?
Bolaligimizda bizga aytilgan gaplar
«Yugurma», «asta-sekin bor», «tezroq yur», «ovqatlan», «qo‘llaringni, tishlaringni tozala», «jim bo‘l», «gapir», «uzr so‘ra», «salom ber», «shu yerda tur», «men bilan tur», «o‘ynab kel», «aralashma», «ishlama», «qara», «sen eplolmaysan», «sen qilolmaysan, qoch o‘zim qilaman», «sen kichkinasan hali», «katta bo‘lding endi», «uxla», «turinglar kech qolasizlar», «men ishlayman, o‘zing o‘yna», «kiyin», «quyoshda turma».
Biz nimani eshitishni xohlardik
«Men seni yaxshi ko‘raman», «sen haqqingda gaplashamiz», «o‘zingni qanday his qilyapsan?», «qo‘rqyapsanmi?», «nima uchun xohlamayapsan?», «sen juda qobiliyatlisan», «nima his qilayotganingni ayt – sen baxtlimisan?», «kulayotganingdan xursandman», «agar xohlasang yig‘la», «o‘zing istagan narsani ayt», «nimadan qiynalyapsan?», «senga nima yoqmayapti?», «men senga ishonaman», «men sen bilan o‘zimni juda yaxshi his qilaman», «men seni tinglashni xohlayman», «sen qanday bo‘lsang, shundayligingcha menga yoqasan», «sen bilan sayr qilish yoqimli».
Sizning atrofingizda ham shu kabi Siz eshitmoqchi bo‘lgan gaplarni eshitishni istovchilar bor
– ular o‘zlarining mavjudligi qanchalar muhim ekanliklarini bilishmaydi. O‘zlarini hech kimga kerak emasman, deb his qilishadi;
– tabassumining o‘zigina Sizga qanchalar quvonch keltirishini bilishmaydi;
– o‘zlarining qanchalar qobiliyatli ekanligini bilishmaydi;
– ular borliqning biz uchun berilgan sovg‘asi ekanligini, o‘zlarining qanchalar sevimli ekanligini bilishmaydi.
AMMO BULARNING BARCHASINI BIZ ULARGA BILDIRISHIMIZ MUMKIN!
Azizlar, farzandlaringizga, yaqinlaringizga doim ularning yaxshi sifatlarini bildiring, o‘ziga xos fazilatlari bilan rag‘batlantiring!
Shahnoza MAXSUMOVA,
psixolog