NNT faoliyati: samarali hamkorlik

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasining anjumanlar zalida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, nodavlat-notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining axborot-tashkiliy faoliyatini yaxshilashga qaratilgan Kompleks chora-tadbirlar rejasi doirasida “O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari Milliy Forumining Toshkent shahar mintaqaviy bosqichi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarning rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – nodavlat-notijorat tashkilotlarining o‘zaro hamjihatligini yanada mustahkamlash, muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda samarali hamkorlik shakllari va mexanizmlarini yanada kengaytirish yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan konstruktiv munosabatlar “maydonchasi”ni vujudga keltirish hamda bu sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan nodavlat-notijorat tashkilotlari hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlarini imzolashdan iborat bo‘ldi.

Forum doirasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda NNTlar faoliyatining samaradorligi va faolligini oshirish masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Shuningdek, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasida belgilab berilgan masalalarning O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, tabiatni muhofaza qilish va Davlat soliq qo‘mitalarining hududiy boshqarmalari faoliyati yuzasidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Ushbu davra suhbatida NNTlarni ro‘yxatdan o‘tishida adliya boshqarmalari tomonidan hujjatlarni kamaytirish, o‘z tashabbusi bilan ochilgan NNTlar bilan davlat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, shuningdek, mahalla aholisining huquqiy savodxonligini oshirishda ijtimoiy hamkor tashkilotlari bilan birgalikdagi ish faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar ko‘rib chiqildi.

Anjuman davomida NNTlarining loyiha va yutuqlari haqidagi ko‘rgazmalar namoyishi ham bo‘lib o‘tdi.

Xususan, joylarda ijtimoiy sheriklik tamoyillarini qaror toptirish hamda ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda NNTlar vakillarining huquqiy savodxonligi hamda ijtimoiy faolligini oshirish, muhim va dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan dastur va loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish hamda monitoring qilish ishlariga ularni jalb etish orqali ijtimoiy tusdagi muammolarni hal qilishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Forum jarayonida nafaqat NNTlar va davlat organlari o‘rtasida 60dan ortiq hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Yana o‘qing:  “O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi” tashkil etildi

Navro‘z NORBOBOYEV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: