Pigmalion qonuni: bola tarbiyasida muhimdir

Farzand dunyoga keldi. Ota-onaning quvonchi cheksiz. Orzu-umidlari, baxtli hayotining ro‘yobi bu. Uni har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘ayishini ular chin dildan istamoqda. Bolaning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishida eng asosiy e’tibor uning salomatligiga qaratiladi.

Ota-onalar go‘dakni doimiy ravishda shifokor nazoratidan o‘tkazib turishi, emlashlarni o‘z vaqtida olishiga e’tibor berishi zarur. Bolajonni tartib bilan o‘z vaqtida ovqatlantirish, toza havoda sayr qildirish va u biroz ulg‘aygach, sport bilan shug‘ullantirish farzandingizning jismonan sog‘lom, bo‘yi baland va ko‘rkam bo‘lishining bosh omilidir. Agar farzand to‘yib ovqatlanmasa, og‘ir mehnat bilan erta shug‘ullansa, tez-tez kasal bo‘lsa, rivojlanishdan orqada qolishi mumkinligi hech kimga sir emas. Demak, bo‘yi raso o‘g‘il-qizning tarbiyali, ko‘zni quvnatadigan, bekamu-ko‘st bo‘lishi uchun, tanaga tartibli ovqat kerak bo‘lganidek, uning ruhiyatiga ham to‘g‘ri yondoshuv lozim. Ruhiyatni tarbiyalab, uni shakllantiruvchilar ota-ona, atrof-muhit, ustozlar ishlab chiqilgan va hokazo.

Yerning tortishish qonuni kabi psixologiyada ham qonuniyatlar mavjud. Eng mashhur va dunyoni lol qoldirgan qonuniyatlardan biri “Pigmalion qonuni”ning inson tarbiyasida to‘g‘ri ishlatilishi xaqida ma’lumot bermoqchiman. Bu qonun juda ko‘p tajribalar orqali kashf qilingan. Maktab o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan tajriba bola tarbiyasi uchun muhimdir. Uning qoidasi quyidagicha: “bir sinf o‘quvchilar tekshirilib, qobiliyati ustun bolalar saralab olinadi va bir sinfga yig‘ib alohida mukammal reja bilan o‘qitiladi”.

O‘quvchilar orasidan qoloq, yaxshi va a’lochi, deya baholangan bolalar ajratib olinadi va bir guruh tuziladi. Shunda “qoloq” deb topilgan o‘quvchining o‘zi, ota-onasi va o‘qituvchisi, “axir bu qoloqku”, deb qarshilik qilishadi. Shunda bu tajribani o‘tkazayotgan psixologlar, biz tekshirib ko‘rdik, aslida bu bolaning imkoniyati a’lochilardan ham ustun deb o‘z qarorini himoya qiladilar. Bolalar o‘qiy boshlaydi. Tajriba natijasi barchani lol qoldiradi. Qoloq nomini olgan bola ham, o‘rtacha qobiliyatli va a’lochi ham bir xil o‘quvchiga aylanishadi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi: Insonlar o‘zidan nima kutayotganligiga qarab harakat qilishadi. Misol o‘rnida: farzand maktabdan kelganida mening a’lochi o‘g‘lim keldi, deb kutib olsangiz, o‘g‘il ikki olganligini aytsa, “Sen ikkiga loyiq emassan”, deb tarbiya qiling. Ba’zi ota-onalarga o‘xshab, “yana ikki oldingmi, sen odam bo‘lmaysan, ikki ham olasanmi?!”, demang. Shuning uchun psixologlar “Farzandingizni emas, o‘zingizni tarbiyalang, bolangiz baribir o‘zingizga o‘xshaydi”, deyishadi. Boladagi kamchiliklar, tarbiyasidagi buzilishlar biz kattalarning “mahorati” ekanini tan oling.

Yana o‘qing:  Go‘zal sochlar siri

Zebiniso AHMEDOVA,

Psixolog

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: