Har bir darsi san’at asari edi

Ustozlar borki, ular ilmidan taralmish yorqin shu’la ne-ne avlodlar hayot yo‘lini yoritadi. Ustozlar borki, ular bergan saboq va o‘gitlar dunyodan o‘tganlaridan keyin ham qalblarni ezgulikka oshno etishda davom etadi. Ilmda o‘zidan ulkan maktab qoldirgan Omonulla Madayev ham ana shunday saboqlari barhayot ustoz edi.

Yetuk adabiyotshunos olim Omonulla Madayev o‘lmas saboqlari zaminida bino qilgan mahobatli tarbiya maktabida kamol topganlar behisob. Ular orasida maktab o‘quvchisidan tortib keksa avlod vakillarigacha bor. Ta’lim tizimining quyidan to oliy bosqichiga qadar qamrab olgan uzoq yillik faoliyati davomida ustoz o‘rgatgan adab ilmi, bergan ma’naviyat saboqlari qanchadan-qancha ziyoga intiq qalblarda chin mehr-muhabbat, sadoqat, insoniylik tuyg‘ularining kamol topishiga hissa qo‘shdi.


Menga ham ustozning ulug‘vor saboqlaridan bahramandlik baxti nasib yetgan. O‘zbekiston Milliy universitetidagi ilk dars barcha saboqdoshlarim qatori men uchun ham unutilmas kun bo‘lgan edi. Shu damdan e’tiboran ona tilimiz, adabiyotimiz jonkuyari, so‘z san’ati fidoyisining har bir darsini intiq kutadigan bo‘ldik. Ilk mashg‘ulotdayoq biz bilan ko‘p yillik qadrdonlardek munosabatga kirishgan domlaning har bir so‘zi, ma’rifat nuri taralayotgan saboqlari bizni butkul sehrli ummonga yetakladi. Darsga shunchaki kirgan, e’tiborsiz talaba ham ko‘p o‘tmay ustoz saboqlarining chinakam shaydosiga aylanardi.

Bir qancha kitobini maktab, litsey o‘quvchilari, oliy ta’lim talabalariga taqdim etgan ustoz butun hayoti davomida yuksak mavqega sadoqatini namoyon yetib yashadi. Umri so‘nggida nashr yuzini ko‘rgan «Navoiy suhbatlari» asarini o‘qib, ko‘p yillar davomida qalbi tubidagi istaklarini ishonch bilan qalamga olganiga guvoh bo‘ldim. «Universitetda muhrlangan lahzalar» deb nomlangan kitob adabiyotshunos, folklorshunos olim, o‘zbek pedagogikasi sohasiga salmoqli hissa qo‘shgan inson Omonulla Madayev muallifligida yozilgan. Unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining yuz yillik yubileyi oldidan universitet tarixi, undagi ilmiy, pedagogik, milliy o‘zlikni anglash yo‘lidagi tom ma’nodagi kurash jarayonining noyob lahzalari, real hayot voqeligi aks etgan.

Ustozimiz o‘rik gullarining maftuni edi. Har yili o‘rik gulga kirganda bir necha kunlab yo‘q bo‘lib qolar, qaytgach taassurotlari bilan o‘rtoqlashardi. Hamroh bo‘lganlar domlamizning bolajonligi, shirinliklar sotib olib yo‘l-yo‘lakay bolalarga ulashib kelgani haqida hayajon bilan so‘zlashardi.

Shundaylar borki, umri davomida halol yashashga, yaxshi farzandlar, oqibatli shogirdlar tarbiyalashga, atrof­dagilarga yaxshilik ulashishga harakat qilib yashashadi. Ustozimiz Omonulla Madayev ham shunday ulug‘ maqomga ega bo‘lgan buyuk inson edi…

Feruza KARIMOVA,

Yana o‘qing:  Qoqigul

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani

15-sanatoriy turidagi maktab-internat o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: