Qaynoq choy qizilo‘ngach saratonini rivojlantiradimi?
Qaynoq choy iste’mol qilish qizilo‘ngach saratoni paydo bo‘lishi va rivojlanishi yuqori xavfi bilan bog‘liqdir.
Olimlar 40 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan 50 mingdan ortiq kishining ovqatlanish odatlarini o‘rganib chiqishgan.
60 daraja issiqdan ortiq haroratda 700 ml.dan ortiq choyni har kuni iste’mol qilish bu kasallik rivojlanish xavfini 90 foizga oshiradi.
Qizilo‘ngach saratoni rivojlanishining oldini olish uchun qaynoq ichimlik sovishini kutish kerak.