Ona
Ona mehri quyoshdir,
Tafti dilni yoritar.
Bo‘lib tun-kun parvona,
Kulfatimiz aritar.
U shundayin aziz zot,
Poyida jannat izi.
Farzandim deb yashaydi,
To‘tiyodir har so‘zi.
Ranjitmaylik onamiz,
Shodligimiz tilaydi.
Duo qilib erta-kech,
Boshimizni silaydi.
Shodiyona HUShVAQTOVA,
Shayxontohur tumani, 262– umumta’lim maktabi o‘quvchisi