TABIAT MANZARALARI
Daryodan suvlaring oqar to‘xtamay,
Hayot ham daryoday o‘tadi kutmay,
Shu oqqan suvingni har zarralari.
Toshqin tabiatim manzaralari.
Purviqor tog‘lardan eriydi muzlar,
Beqasam libosda o‘tar yoz-kuzlar,
Chamanda sayrashar sho‘x bulbullari.
Jo‘shqin tabiatim manzaralari.
Qirlarga to‘shalgan yashil o‘tloqlar,
Oyga ko‘zgu bo‘lib qaynar buloqlar.
Oh, biram osuda baxmal qirlari
Go‘zal tabiatim manzaralari.
Zulayho ZARFULLAYEVA,
O‘zMU qoshidagi S.H.Sirojiddinov nomli akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchisi