“Ustoz-shogird” an’anasi bardavom

Jamiyat taraqqiyoti, shubhasiz, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi bilan bog‘liq. Zamonaviy tafakkur va kasbiy salohiyatga ega mutaxassislar esa uning tayanchidir. Buning uchun amaldagi ta’lim-tarbiya mazmunini amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni muttasil takomillashtirib borish talab etiladi.

Bizning 235-umumta’lim maktabimizda hozirgi kun talabiga mos ravishda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, bunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish kun tartibining muhim vazifalaridan biridir. Zero, yosh avlod tarbiyasiga befarq qarash, Vatan taraqqiyotiga loqaydlik bilan qarashdir. Shu bois har bir o‘qituvchi o‘z ustida tinmay ishlashi lozim. Shuningdek, pedagoglik faoliyatini endi boshlagan yosh mutaxassislar ustoz o‘qituvchilar ish tajribasidan o‘rganib boradilar.

Yaqinda maktabimizda o‘tkazilgan seminar-trening ana shu mavzuga bag‘ishlandi. O‘z kasbining fidoyisi, oliy toifali kimyo fani o‘qituvchisi, ustoz Gavhar Karimova tashabbusi bilan o‘tkazilgan bu seminar-trening “Ustoz-shogird maktabi” deb nomlandi. Tadbirda tajribali o‘qituvchilar Natalya Vargina hamda Nargiza Fozilova o‘z ish tajribalarini ko‘rgazmali vositalar asosida yosh mutaxassislarga namoyish etishdi.

Navro‘za XUDOYBERDIYEVA,

Yunusobod tumanidagi 235-maktab o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Shaxmatchilarimiz muvaffaqiyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: