TABIATNI ASRASHGA QARATILGAN BIOTEXNOLOGIYa

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan va introduksiya qilingan o‘simliklarni ko‘paytirish hamda ulardan keng foydalanish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Oybek Mamarahimov bilan suhbatlashdik:

  • Bugungi kundagi muhim masalalardan biri — tabiiy va introduksiya qilingan o‘simliklarni ko‘paytirish va ularni qishloq xo‘jaligi sohasida keng tatbiq etishdan maqsad nima?
  • Mamlakatimizda o‘simliklar to‘plami o‘z xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda turli davlat va hududlardan keltirilgan o‘simliklar introduksiya qilinib, floramizni yanada boyitilmoqda. Olimlarimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri – tabiiy va introduksiya qilingan istiqbolli o‘simliklardan unumli foydalanish maqsadida ularning bioekologiyasini, morfologiyasini, biotexnologiyasini, agrotexnikasi va boshqa foydali xususiyatlarini chuqur o‘rganib, ularni xalq xo‘jaligi sohasiga keng tatbiq etishdan iborat. Maqsad ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish, tabatning muhofazasini ta’minlash, ekologiyaning yaxshilanishiga erishish hamda el farovonligini oshirishdan iborat.
  • Introduksiya qilingan o‘simliklarni yetishtirishda muhit yoki ekologiyaning ta’siri hamda yetishtirish texnologiyasi haqida ma’lumot bersangiz.
  • Introduksiya qilingan o‘simliklardan biri karolina azollasi bo‘lib, u sholichilik rivojlangan Vyetnam, Birma, Hindiston, Filippin mamlakatlarida sholi bilan birga o‘stiriladi va ekologik toza oziq-ovqat mahsuloti yetishtirishda qo‘llaniladi. Bu borada dunyo miqyosida samarali ishlar olib borilmoqda. Ammo O‘zbekiston sharoitida sholini oziqlantirishda katta miqdorda mineral o‘g‘itlar, begona o‘tlarga qarshi zaharli gerbitsitlar ishlatishga to‘g‘ri keladi. Bu sholi yetishtiradigan hududlarning tabiatiga, muhit va tuproqning ekologiyasiga va mahsulot sifatiga keskin salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun ham  mamlakatimizda sholi hosilini kimyoviy o‘g‘itlarsiz yoki biologik o‘g‘itlarni qo‘llagan holda ekologik toza sholi mahsulotlarini yetishtirish texnologiyasini yanada takomillashtirish va tuproq strukturasini yaxshilash talab etiladi.
  • Suvo‘tlari nima va azolla haqida kengroq ma’lumot bersangiz.
  • Bioximiyaviy xususiyatga ega va xujayrasining submikroskopik tuzilishiga binoan, suvo‘tlari 10 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, ko‘k, yashil, qizil, tillarang, diatom, dinofit, qo‘ng‘ir, yaariq-yashil, evglenasimon, yashil, xarasimonlarga ajratiladi. Dunyoda suvo‘tlarining 4100 dan ortiq turi bizga ma’lum. Ular dengizlarda qirg‘oqdan boshlab 200 metrgacha va undan ham chuqurroqda, chuchuk va o‘ta sho‘rlangan suv havzalarida, qaynoq buloqlarda, tuproqda, tog‘ va dashtlarda uchraydi. Suvo‘tlari biosferada organik moddalarni ilk bor hosil qiluvchi organizmlar sifatida juda katta ahamiyatga egadir. Ular suv yuzasiga nisbatan 1,5-2,0 tonna quruq biomassa hosil qiladi va yer atmosferasida erkin kislorodning paydo bo‘lishida ishtirok etadi. Suvo‘tlari eng qadimgi organizmlar bo‘lib, aslida ulardan boshqa o‘simliklar kelib chiqqan. Suvo‘tlari ovqatlarga ishlatiladi, chorva ozig‘i sifatida qo‘llaniladi va tibbiyotda ulardan alginatlar, yod va mikrobiologiya sanoati uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar olinadi. Ularning laminariya, makrotsista, porfiralar kabi turlari dengizlarda maxsus ko‘paytiriladi. Chunki suvo‘tlaridan oqava suvlarni biologik tozalash va suv havzalarining ifloslanishini aniqlashda bioindikator sifatida foydalaniladi.                                                                                                                    
Yana o‘qing:  Dzyudochilarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

Ilmiy manbalarda ko‘ra, suvo‘tlari atmosfera azotini o‘zida sintez qilib olish xususiyatiga ham ega. Undan azot suvga, suv esa sholi yetishtirganda  sholi o‘simligiga o‘tadi. Azollaning bir kilogram quruq massasi 385 gramm molekulali azotlarni o‘zida to‘playdi va tabiiy  ravishda azotning asosiy qismi o‘simlikka beriladi, ortiqchasi esa tuproqda qoladi. Azolla asosan sholikorlikda va boshqalarda qo‘llanilib, sholipoyadagi suv sahining yuzasini tekis qoplab, sholining bir tekis o‘sigshiga va begona o‘tlarning o‘sib chiqishiga to‘sqinlik qilishi bilan e’tiborga sazovordir.

  • Demak, azolla ekologik toza sholi uchun sholikorlikni rivojlantirishda qo‘llaniladi. Ulardan organik o‘g‘it sifatida ham foydalanish mumkinmi?
  • Ma’lumki, mamlakatimizda don mahsulotlaridan sholi yetishtirish muhim masalalardan hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi ekinlari orasida sholichilik tarmog‘ida katta miqdorni mineral va boshqa o‘g‘itlar qo‘llaniladi (masalan, 1 gektar maydoga 50 sentner sholi hosili yetishtirish uchun o‘rtacha 150 kilogramm azot, 120 kilogram fosfor va 150 kilogramm kaliy sarflanadi), shuningdek, ko‘p miqdorda suv, begona o‘tlarga qarshi zararli gerbitsit kabilar ishlatiladi. Bu esa o‘z navbatida, sholi yetishtiriladigan hududlarning tabiati va ekologiyasiga keskin ta’sir qiladi. Shuning uchun ham, sholi hosilining kimyoviy o‘g‘itlarsiz hosilini oshiradigan yoki biologik o‘g‘itlarni qo‘llab, hosildorlikni va tuproq unumdorligini oshirish bilan qatorda, mamlakatimiz aholisini sholi doni (guruch)ga bo‘lgan talabini qondirish, xalqimizga ekologik toza mahsulot yetishtirib berish muammolarini hal etish, respublikamizda ham azollani yalpi o‘stirishni yshlga qo‘yib, uni qishloq xo‘jaligida, ayniqsa, sholikorlikda keng qo‘llashni toqazo etadi.
  • Suvo‘tlarining ko‘pchilik vakillari biologik indikator vazifasini o‘taydi. Ularning ana shu xususiyatlari to‘g‘risidan to‘xtalib o‘tsangiz.
  • Ha, ularning ko‘pchiligi haqiqatan ham biologik indikatorlik vazifasini o‘taydi. Yana bir muhim xususiyatlaridan biri, ular ifloslangan oqava suvlarda ko‘p miqdorda rivojlanishi natijasida, suvni erkin kislorod bilan boyitib, uning tozalanishini tezlashtirishidir. Ma’lumotlarga ko‘ra, oqava suvda erigan kislorodning miqdori ular tufayli 1 litr suvda 0 dan 10,7 m/g.gacha ko‘payishi kuzatilgan. Shuningdek, azotli birikmalar, ammiak, nitrit va nitrat suv o‘tlari tomonidan o‘zlashtiriladi. Ular oqava suvlarning badbo‘yligini yo‘qotib, rangini tiniqlashirdi, natijada, saprofit bakteriyalari xujayralarining rivojlanishi sekinlashadi.

Suvo‘tlari suvni 70-75 foizgacha tozalaydi, shuningdek, ular sanoat chiqindilari chiqarib tashlangan yerlarning ekin ekishga qanchalik yaroqliligini aniqlashda indlikator vazifasini o‘taydi. Ular yerga zaharli moddalar (gerbitsit) ishlatilganda ham yerning yaroqliligini bilishda qo‘l keladi. Suvo‘tlaridan organik o‘g‘it sifatida ham foydalanish mumkin. Olimlarimiz tomonidan paxta va sholi urug‘lari ekishdan oldin suvo‘tlari suspenziyasi bilan namlab ekilganda, o‘sish, rivojlanish va hosildorlik paxtadan 2,5-3 sentnerga, sholidan esa 5-6 sentnerga oshganligi kuzatilgan.

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Ayniqsa, ko‘k-yashil suvo‘tlarida ko‘plab A, Ye va V guruhiga kiruvchi vitaminlar mavjud bo‘lib, V 12 vitaminini faqat suvo‘tlaridan Spirullina sintez qilishi aniqlangan. Bundan tashqari, ular fitogormonlarga va azotli birikmalarga boy bo‘lib, nafaqat hayvon organizmiga, balki inson organizmi uchun ham kerakli moddalar hisoblanadi. Ana shularni hisobga olinsa, mamlakatimizda mutaxassislar tomonidan suvo‘tlarini har tomonlama o‘rganish, ularning tabiatdagi xilma-xilligini aniqlash va foydali turlarini  ajratib olish hamda sun’iy ko‘paytirish yo‘li bilan uning biomassasini xalq xo‘jaligida tatbiq etish muhim ahamiyatga egadir.

 

Maryam AHMEDOVA.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: