O‘ZBEKISTONLIK ShAXMATCHILAR YANA JAXON CHEMPIONATIDA ISHTIROK ETISHDI
Joriy yilning 1-13 oktyabr kunlari Hindistonning Mumbay shahrida 14,16 va 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati start oldi.
Musobaqalar besh yulduzli mehmonxonalar Renaissance Hotel va Convention Centre Mumbai mehmonxonalarida bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasining xabariga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan kategoriyada Madaminov Muhiddin, ayollar o‘rtasida FIDE toifasidagi sport ustasi Omonova Umida, 16 yoshgacha bo‘lganlar kategoriyasida Sulaymonov Elbek hamda 18 yoshlilari kategoriyasida Namozova Xolida O‘zbekiston sharafini himoya qilishmoqda.
Jahon chempionatiga ishtirokchilar O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi ko‘magida yuborildi.
Chempionat g‘olib va sovrindorlari xalqaro grossmeyster, xalqaro toifadagi sport ustasi va FIDE sport ustasi singari xalqaro unvonlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Musobaqada o‘yin vaqtini nazorat qilib borish uchun elektron soatlardan foydalanildi.
Jahon chempionatida qatnashayotgan yosh shaxmatchilarimizga zafarlar tilab qolamiz.
Maryam Axmedova