Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro standartlashtirish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda

Tijorat mahsulotlarining sifati to‘g‘risida tijorat standartlarini ilgari surish bo‘yicha Markaziy Osiyo ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

25-26 sentyabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo ishchi guruhi mazkur yig‘ilishidagi uchrashuvdan maqsadi hamkorlik natijalari va rejalarini muhokama qilish, shuningdek, Markaziy Osiyoga ustuvor qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini rag‘batlantirish uchun tijorat sifati standartlarini joriy qilish va ilgari surishda kelishilgan pozitsiyani ishlab chiqishdan iborat.

Bugungi kunyua yangi va quritilgan meva va sabzavotlarni yetishtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqasi an’anaviy bozorlarni diversifikatsiya qilish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yangi bozorlarini qidirish bilan bog‘liq murakkab muammolarni hal qilish yo‘lida turibdi. Shu bois qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini diversifikatsiya qilish va yangi bozorlarni izlash bilan bog‘liq islohotlarda asosiy o‘rin xalqaro standartlarni tan olish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning talablariga mos kelishiga yo‘naltirilgan.

Xalqaro standartlar qatorida Yevropa, AQSH va Osiyoda tan olingan jahon bozorlari tomonidan talab qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining marketing va savdo nazorati bilan bog‘liq bo‘lgan BMT EIK tijorat standartlari alohida o‘rin tutadi.

Muhimi,  Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro standartlashtirish jarayonlarida faol ishtirok eta boshladilar. Biznes-hamjamiyat tashabbusi bilan va standartlashtirish idoralari va xalqaro tashkilotlarning ko‘magida Markaziy Osiyoda ishchi guruhi tuzildi.  Uning doirasida raqobatbardoshlikni oshirish va meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga ilgari surish uchun BMT EIK sifat standartlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish va yechimini topish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Ayhish joizki,  Markaziy Osiyo ishchi guruhining faoliyati BMT EIK qishloq xo‘jaligi standartlari bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan tan olingan.

Uchrashuv ishtirokchilari bajarilgan ishlarning natijalarini sarhisob qildilar, yangi va quritilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha bir qator tushuntirish materiallari bilan tanishdilar, ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar orasida UNECE standartlari sohasidagi bilimlarni oshirish bo‘yicha strategiya va qo‘shma harakatlar rejalarini ishlab chiqdilar.

Uchrashuv kun tartibida, shuningdek, Markaziy Osiyodan milliy va mintaqaviy mahsulotlarni «Geografik ko‘rsatkichlar» orqali birgalikda targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  BRAZILIYADA 2016 YILGI OLIMPIADA VA PARALIMPIADA TIMSOLLARI NAMOYISH ETILDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: