Maktabda matbuot kuni
Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan 39-umumta’lim maktabida “Ona tili va adabiyot” fan oyligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda bolajonlar ona Vatan, tilga e’tibor haqida turli aytishuvlar, she’rlarni o‘qib, shu mavzuda sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi. Tadbirda ishtirok etgan “Gulxan” jurnali va “Sog‘lom avlod” gazetasi ijodkorlari bolajonlar bergan savollarga atroflicha javob qaytarishdi.
Tadbir so‘ngida maktab rahbari Gulnora Inagamova so‘zga chiqib, mazkur bayramni tashkillashtirgan ustoz va bolajonlarga minnatdorlik bildirib, maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Manzura Rahimovaning xizmatini yuqori baholadi. Shuningdek, maktabda turli yo‘nalishlarda ilg‘or bo‘lgan bir qator o‘quvchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Ma’rifat TOLIPOVA