Nega insonning barmoq izlari takrorlanmas?

Har bir inson o’ziga xos xarakter, tashqi ko’rinish hamda taqdiri bilan individualdir, ammo ko’zga ko’rinuvchi farqlarga qaramay, bu parametrlarda o’xshash odamlarni topish mushkul. Biroq shunday parametrlar borki, ular odamda yagona bo’ladi. Masalan, barmoq izlari insondagi tamoman takrorlanmas parametr hisoblanadi, hatto aynan o’xshash egizaklarda ham bu farq qiladi.

Barmoq izlari (qo’l va oyoq barmoqlaridagi papillyar chiziqlar) ariqcha va do’ng shakllardagi relyef ketma-ketligi bo’lib, har bir iz alohida inson genlari kombinatsiyasidan vujudga keladi. Papillyar chiziqlar joylashuvi, balandlik va kengligi inson hayoti davomidagi bir xil takroranuvchi harakatlar va yoshga oid o’zgarishlar bilan bog’liq, degan fikr xatodir.

Genlar birikma(kombinatsiya)siga doir nazariya sayyoramizdagi insonlarda o’xshash barmoq izlari ham umuman mavjud emasligini tasdiqlaydi. Ba’zilar o’xshash egizaklar bir xil oyoq izlariga ega deb ishonadi, ammo bu ham haqiqat emas. Hatto shunchaki emas, o’ta o’xshash DNK izchilligiga ega egizaklarda ham, papillyar barmoq chiziqlari turlicha bo’ladi.

Madina AXMEDOVA

tayyorladi

Яна ўқинг:  Ислоҳотларнинг МУҲИМ ТАМОЙИЛИ

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: