Nega inson yuzi issiq havoda qizarib ketadi?
Yuz qizarishi tananing issiqlikka nisbatan himoya reaksiyasidir. Havo harorati yuqori bo`lganda inson tanasidan uning terisi orqali tashqi muhitga “qo`shimcha” issiqlik jadal ravishda harakat qila boshlaydi. Qon oqimi ichki organlardagi issiqlikni teri tomon tashiydi. Inson qancha ko`p isisa, u qon orqali shuncha ko`p teriga yo`naladi. Issiqlikda qon kapilyar (kanal)lari yuqori darajada kengayadi. Buning natjasida qon odatdagidan ko`proq harakatlanadi. Inson yuzida ko`plab tashqi qon naychalari mavjud, shu sababli qon oqimi ortganda uning qizilligi yuzaga chiqadi.
Madina AXMEDOVA
tayyorladi