Ozishga xalaqit bermaydigan shirinliklar

Tez ozishni ko‘zda tutuvchi parhezlarning deyarli hammasi faqat ta’qiqlardan iborat. Shirinlik esa eng ko‘p ta’qiqlanadigan mahsulot hisoblanadi.

Bu mahsulotlarni tez ozish uchun mo‘ljallangan parhezga moslashtirish mumkinmi? Mumkin! Ammo buni aql bilan qilish kerak.

Ozayotgan odamlar ba’zida o‘zlarini shirinlik bilan siylab turishlari juda muhim ekan. Eng muhimi qanday mahsulotlarni salomatlikka zarar yetkazmasdan iste’mol qilishda. Organizm normal ishlashi uchun oqsil ham, yog‘ ham, uglevodlar ham zarur. Biroq, ular qancha miqdorda bo‘lishi kerak, degan savol tug‘iladi.

Shunday qilib, eng ommabop shirinliklar ro‘yxatini tuzamiz va ular qay darajada foydali bo‘lishini ko‘rib chiqamiz.

1. Shokolad – ushbu mahsulot baxtiyorlik gormoni (serotonin) ishlab chiqishida ko‘maklashadi. Bu ajoyib antidepressant! Uni baxtiyor odamlarga qaraganda mehr-muhabbat va e’tibor tanqisligini his qiluvchi odamlar ko‘proq tanovvul qiladi. 100 g shokoladda 550 dan 650 gacha kkal mavjud. Bu juda ko‘p, albatta. Ammo, shunga qaramasdan, ushbu shirinlik foydali bo‘lishi ham mumkin. Uning tarkibida kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, temir moddalari, RR va V guruhi vitaminlari, miya va xotira uchun zarur bo‘lgan letsitin moddasi mavjud. Shu bois ozish jarayonida kayfiyatni ko‘tarish uchun ozroq shokolad tanovvul qilish zarar qilmaydi.

2. Asal – ushbu mahsulot qandga ajoyib muqobil bo‘la oladi. Unda barcha mikroelementlar, vitaminlar, bioflavonoidlar va antioksidantlar bor. 1 choy qoshiq asalda taxminan 40 kkal mavjud bo‘lib, ozayotgan kishilar kuniga ko‘pi bilan 1 choy qoshiq iste’mol qilishlari mumkin. Ammo esingizda bo‘lsin, asalning tabiiysini iste’mol qiling, aks holda hech qanday foyda bo‘lmaydi.

3. Marmelad – qiyom va zefir. Bu shirinliklar zarari va kaloriyasi kam mahsulotlar sirasiga kiradi. Ularda na oqsillar, na yog‘lar, na vitaminlar bor. Mikroelementlar miqdori ham kam, 100 g shirinlikda 300 kkal qand-uglevodlar bor. Ammo bu uglevodlar tez yo‘qolib ketadi. Shu bois parhez nuqtai-nazaridan ushbu shirinliklar tez ozish uchun optimal hisoblanadi.

4. Murabbo – yy sharoitida tabiiy mevalardan tayyorlangan murabboni, ayniqsa, qish sovuqlarida yoki kasal bo‘lganda tanovvul qilish juda foydali. Ammo me’yor qoidasini unutmaslik zarur. Chunki, 1 choy qoshiq murabboda unga solingan qand miqdoriga qarab 20 dan 40 gacha kkal mavjud.

Yana o‘qing:  XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-44)

5. Quruq mevalar – ushbu tabiiy mahsulotlar tarkibida vitaminlar, pektinlar, kletchatka, antioksidantlar, fruktoza, bioflavonlar bor. Quruq mevalar ham o‘z tabiatiga ko‘ra kaloriyali, ammo ular tozalash xususiyatiga ham ega. Eng muhimi, ularni kunning birinchi yarmida soat 15-16 gacha tanovvul qilish esingizda bo‘lsin.

Kamola Samig‘jonova tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: