“MA’RIFAT” targ‘ibot jamiyati a’zolik guvohnomalari topshirildi

10 iyun kuni Yoshlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan «Ma’rifat» targ‘ibot jamiyatining taqdimoti o‘tkazilib, a’zolik guvohnomalari topshirildi hamda memorandumlar imzolandi.


Bugun yurtimiz taraqqiyot bosqichining yuqori cho‘qqilari sari dadil odimlamoqda. Jamiyatning har bir sohasida jahonning eng ilg‘or mamalakatlari safidan barqaror o‘rin egallash, tinch va farovon kelajak poydevorini mustahkamlash maqsadida jadal islohotlar kechmoqda, yangilanish-yuksalishlar davom etmoqda.
Insonga ehtirom, vatanparvarlik g‘oyalari atrofida mujassamlashgan bu jarayonlarni keng aholi qatlamiga yetkazish, yoshlar ongiga singdirish, har bir fuqaroning daxldorlik hissini kuchaytirish, ijtimoiy faolligini oshirish, siyosiy-huquqiy ongini o‘stirish, ma’naviy-ma’rifiy tafakkurini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini kengaytirish, takomillashtirish zarurati yuzaga kelishi tabiiy.
Shuni e’tiborga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-43-07-sonli qaroriga asosan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlari mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamiga yetkazish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tashkil etildi.


Hozirgi kunda ushbu jamiyatda barcha vazirliklardan tavsiya qilingan nomzodlar, davlat va jamoatchilik vakillari, olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan iborat maxsus targ‘ibotchilar guruhi shakllantirilib, respublika miqyosida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va tashviqot ishlariga jalb etish, sohaga yangicha yondashuvni tatbiq qilish, targ‘ibotchilarni moliyaviy va ma’naviy rag‘batlantirib borish, jumladan, ularning ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlaridagi ma’ruzalariga haq to‘lash hamda “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik tanlovi, “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoniga tavsiya etish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
11 iyun kuni soat 15.00.da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar ijod saroyida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati ishlarini faollashtirish, mamlakatda kechayotgan jadal islohotlarda Jamiyatning rolini oshirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari hamda boshqa bir qator vazirliklar, davlat va jamoat tashkilotlari ishtirokida Jamiyatning respublika targ‘ibotchi a’zolariga ko‘krak nishoni va a’zolik guvohnomasini tantanali topshirish, shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi, Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazi hamda “Sevimli TV” kabi yirik tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumini imzolash marosimini o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlar davomida “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” doirasida nashr etilgan “Yosh ota-ona kitobi”, “Baxtli bola ma’naviyati” hamda “Ma’naviyatshunoslik” kitoblari taqdimotini tashkil qilindi.
So‘zga chiqqanlar ona jamiyatning erishgan yutuqlari va targ‘ibot yo‘lidagi izlanish va harakatlariga ulkan yutuqlap tiladi.
Shundan so‘ng vazirliklar, massasa va tashkilotlarning ma’naviyat markazlariga jamiyatninn a’zolik guvohnomalari, znachogi va sovg‘alar topshirildi. Tadbir so‘ngida o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Yana o‘qing:  Buxoroda deputatlar va senatorlar 630dan ortiq xonadonda suhbat o‘tkazdi

Maryam AHMEDOVA,
Amal SOLIYEVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: