TOJIK VA O‘ZBEK ADABIYOTI — HAMNAFASDIR

Kuni kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Tojikiston xalq shoiri, adabiyotshunos olim Mirzo Tursunzoda tavalludining 108 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Nizom Qosim boshchiligidagi delegatsiya vakillari,Tojikistonning O‘zbekistondagi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro do‘stlik alaqalari qo‘mitasidan vakillar, shunigdek shoir va yozuvchilarimiz, olim va tarjimonlar hamda ijodkor yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid ochib, o‘zbek va tojik xalqlarining ko‘p asrlik tarixiy, adabiy, madaniy-ma’rifiy mushtarakligi birlashtirib turishini, e’tiborlisi, ikki davlat rahbarining tashabbusi bilan do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlanishiga yangi qadam ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, millatlarimiz orasidagi milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlar, dinu diyonatimizning bir-biriga uyg‘unlashib ketganligi, azaldan bir daryodan suv ichib, o‘zaro qarindoshlik, quda-andalik rishtalarini bog‘lab, ikki muazzam siymo— Mavlono Abdurahmon Jomiy va hazrat Alisher Navoiyning samimiy birodarlik munosabatlari haqida so‘z yuritildi.
Tojikiston xalq shoiri, Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Nizom Qosim ham ma’ro‘zasida Tojikiston xalq shoiri, Tojikiston fanlar Akademiyasi akademigi, tojik dramaturgiyasining asoschilaridan biri bo‘lgan taniqlii’shoir Mirzo Tursunzodaning O‘zbekistonda ham sevimli shoir darajasiga erishgani, ma’lum vaqt Toshketda yashab, ijod qilib, G‘afur G‘ulom, Zulfiya, Oybek, Shayxzoda, Mirtemir va boshqa o‘zbek adabiyoti namoyondalari bilan hamnafaslikda ijodiy aloqada bo‘lgani, uning o‘zbek tilidan nashr etilgan asarlari, go‘zal she’riyati haqida hikoya qilar ekan, adabiyotimiz namoyondalarining asarlarining ham qardosh Tojikiston xalqi sevib mutolaa qilishlari va o‘quvchilar e’tirofiga sazovor ekanligi, bundan keyin ham xalqlarimiz o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash, shoir va yozuvchilar, yosh ijodkorlar o‘rtasida ijodiy uchrashuvlar, seminar va konferensiyalar tashkil etish, ikki xalq ijodkorlarining nasriy va she’riy asarlari tarjimasini yanada kengaytirish, adabiy hamkorlikning bardavomligi ta’minlash borasida o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bayon qildi.


Shundan so‘ng Mirzo Tursunzoda she’riyati hamda yurtimizga tashrif buyurgan tojik ijodkorlarning she’riyatlaridan tinglandi.
Shu kuni tadbirning soat 2:00 da ushmaning kichik ma’naviyat zalida boshlangan davomiy qismida tashrif buyurgan mehmonlarimiz va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi « Jahon adabiyoti» «Sharq yulduzi», «Yoshlik» jurnallari va «O‘zbekiston adabiyoti va sanati»
Tadbirda Sirojiddin Sayyid va Nozim Qosim, shuningdek, memonlar, Jahon adabiyoti jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetalari jamoasi bilan ijodiy uchrashuv bo‘ldi.
ijodiy uchrashuvda tahririyat bosh muharrirlari Ahmadjon Meliboyev, Faxriddin Hayit, O‘ktam Mirzayor, Sirojidlin Rauf ijodkor birodarlarimiz asarlarini o‘zimizda chop etishni keng yo‘lga qo‘yish, kelajakda adabiy aloqalarni yanada mustahkamlar va bardavomligi ta’minlash, ayniqsa, yon ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish kabi masalalarni hal etildi. Shundan so‘ng she’riy chiqishlar davom etdi.
Kechki soat 17:00 da Yashnobod tumanidagi Musiqa saroyida M.Tursunzoda tavalludining 108 yilligi munosabati bilan «Jonga payvand do‘stlaringdan kechmagil» deb nomlangan konsert dasturi namoyish etildi.
Konsertda O‘zbekiston ashula raqs ansambli taniqli xushovoz xonanda va raqqosalari ijrosidagi o‘zbek va tojik tilida yangragan dilrabo kuy va qo‘shiqlar, «Yosh adabiyotshunoslar» tugaragi ijodkorlari tomonidan o‘qilgan she’rlar mehmonlar va tomoshabinlarga juda manzur bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 32-75-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqasadida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 2 may kuni o‘tkazilgan ushbu tadbirlar ishtirokchilar qalbida katta tassurot qoldirgan holda o‘z nihoyasiga yetdi.

Yana o‘qing:  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida yangi jamg‘arma tashkil etiladi

Maryam Ahmedova

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: