“ShUKRONALIK”DAN RUHIY QUVVAT OLAMAN

Inson umri davomida uni xursandchiliklar, kutilmagan tub burilishlar va turli sinovlar kutadi. Hayot saboqlari oldida kimlardir o‘zligini teranroq anglaydi.O‘tmishga nazar tashlayvermay, oldinga olg‘a intiladi. Yana kimlargadir esa sinovlar oldida kurashmasdan shunchaki taslim bo‘ladi. Ular bu sinovlarning sababchi va aybdorlarini izlab oltinga teng umrning eng go‘zal onlarini boy berib qo‘yadilar. Ana shunday paytda o‘zlariga tayanch izlaydi. Bunday paytda yaqinlar suyanchi bilan bir qatorda ruxshunosga ehtiyoj seziladi.

Biz quyida bu borada psixolog Azizaxon Tashxodjayevaga o‘zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildik.

 

– Aziza opa aholining bugungi kunda psxologlarga talabi qay darajada?

– Ish faoliyatim davomida shuni sezayapmanki, yildan-yilga aholining psixologlarga qiziqishi va ishonchi ortib borayotganibizni juda ruhlantiradi. Ko‘plab insonlarning muammolarni bartaf etishda qo‘ldan kelgancha yordam berayotganimdan juda xursandman, albatta.

–  Inson ongiga ruhiyatning ta’siri qanday namoyon bo‘ladi?

– Har qanday odam o‘z tajribalariga asoslanib, atrof-muhit voqeyligini va idrok qilishni o‘rganadi. Biz qushlar ovozini va musiqa kuylarini eshitamiz va ularni farqlay olamiz.Tabiatda turli xodisalarni, hidlarni va turli taomlar mazasini sezamiz. Va, bu haqda keng tasavvurga ega bo‘lamiz. Odam o‘zini o‘rab turgan olamni bilibgina qolmay, shu olamdagi narsa va hodisalarga o‘z munosabatini bildiradi va xulosaga ega bo‘ladi. Ya’ni o‘zining faolligini namoyon qiladi. Maqsadlarga erishishga intiladi va shijoat ko‘rsatadi. Bu yo‘ldagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga harakat qiladi. Bu esa inson ongiga va ruhiyatiga hamda sezgisiga bog‘liq ravishda kechadi.

“Shukronalik” uslubingiz haqida xabar topgach shuni bildimki, ushbu uslbingiz ko‘pgina xasta ko‘ngillarning dil yaralarini tuzalishiga turtki bo‘lmoqda. Bu uslub haqida mushtariylarimiz uchun qisqacha to‘xtalib o‘tsangiz.

– Darhaqiqat, barcha ne’matlar kaliti eng avvalo Ollohga shukronalikdadir. Bunda naqadar katta mo‘jizaviy kuch borligini inson hamisha ham his qilavermaydi. Agar bizga berilgan va berilayotgan hamda kelajakda berilishi mumkin bo‘lgan barcha ne’matlarga shukr qilib yashashga odatlansak, hayotimizda juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Sog‘-salomat, o‘z uyingizda, farzandlaringiz bilan birgalikda, tinch-osuda yashayotganingizga qilgan shukronangiz Sizga haqiqiy baxtli hayotni hadya etadi. Bizdan yaxshilik ko‘rgan insondan minnatdorchilik eshitganimizda unga yana ham ko‘proq yaxshilik qilgimiz kelganidek, har doim shukrda bo‘lsak, o‘zimiz uchun yanada yangi-yangi ne’matlar va rizq eshigi kengroq ochiladi. Inson nafaqat tilda shukrona keltirish, balki uni qog‘ozga ham yozib muhrlashni bilishi kerak. Ana shunda mo‘jizalar juda tez qarshingizda namoyon bo‘ladi. Faoliyatim davomida shukronalikdan katta-katta mo‘jizalarni ko‘rayapman.Har kuni shukronani daftarga yozib borishim juda katta natijalarga erishishimga sabab bo‘lmoqda.

Yana o‘qing:  USTOZLAR TAJRIBA ALMASHDI

Bu olam men uchun yanada yaxshiliklar va ezguliklarga to‘lib-toshadi. Bunda odam va olam aro aloqalar yanada mustahkamlanadi. Inson Alloh bergan ne’matlarning qadriga yetishni o‘rganadi. Tabiatdan zavq olib yashash mo‘jizalarini ko‘radi. Shukronalikdan insonlarni ishlari rivojlanayotganiga va moliyaviy jihatdan mustahkam bo‘layotganiga ko‘p bora guvoh bo‘layapman. Har gal tinglovchilarim shukronalikni qog‘ozda yozib, undan ko‘rgan mo‘jizalari haqida hayajonlanib, to‘lqinlanib gapirganida Yaratganga beadad

shukr qilaman. Shukronalik uslubining borligiga shukur! Sababi men sevgan ushbu usul haqida siz azizlarga jo‘shib gapirib berish baxtiga egaman!

– Qabulingizga ruhan ezilgan va asablari juda toliqqan insonlar murojaat etishadi. Ba’zan kasbingizdan charchagan paytlaringiz ham bo‘lganmi?

– Kasbimni juda ham sevaman. Qabulimga kelgan insonlarga chin dildan ko‘mak berishga intilaman. Ularning mushkullari oson bo‘lsa «Ruhim yengil tortdi, endi muammolarga muammo deb emas yechimini topayotgan masala deb qarayman”, “Baraka toping» deya minnatdor bo‘lgan odamlarni kuzatar ekanman beixtiyor quyidagi betakror satrlar yana yodimga tushadi.

Insonning dardini oladi inson,

Kimdir sabab bo‘lib,mushkuli oson.

Meni doim ularning ijobiy natijalari ruhlantiradi. Yanada o‘z ustimda betinim

ishlashga undaydi. “Shukronalik” uslubi bilan deyarli har kuni shug‘ullanaman. Bu uslub menga mo‘jizaviy tarzda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan ruhiy quvvat olaman. Yangi ishlarga, ijodiy parvozlarga tayyor bo‘laman. Insonlarni qiyin vaziyatlardan olib chiqqanimga shukronalar aytaman.

– Yuragining tubida qalb og‘rig‘i bor ayollarga qanday maslahatlar berasiz. Baxtli yashash siri nimada deb o‘ylaysiz?

– Darhaqiqat, hayotida qiyinchilik ko‘rgan xotin-qizlar ham yurtimizda talaygina. Ular bilan uchrashaman, onlayn tarzda ishlayman. Ozmi-ko‘pmi opa-singillarimizga ko‘mak bersam o‘zimni baxtli his etaman. Har bir ruhiy yordamga muhtoj chalkash taqdir egasining dardi qalbimni titratadi. Qani edi bu qayg‘uli hasratlar baxt haqidagi ertaklarga aylanib qolsa, deyman. Ishonsangiz, Allohdan qalb og‘rig‘i bilan keluvchi insonlar bironta ham qolmasligini va biz psixologlar ularga muammoli vaziyatlarni yechishni emas, balki BAXTLI YASHASH SIRLARINI o‘rgataylik, deb duo qilaman. Dunyodagi barcha ayollar baxtli bo‘lishga haqli. Baxt kalitini ochish va unga erishish uchun tinimsiz mehnat va astoydil harakat qilmoq kerak. Bu eng avvalo o‘zimizga bo‘lgan ishonch va maqsad sari to‘g‘ri harakatimizga bog‘liq, deb bilaman. 

Yana o‘qing:  Farzand tarbiyasidagi muammolar yechimi haqida

 

– Mazmunli suhbatingiz uchun Sizga ham tashakkur bildiraman.

 

Dilfuza Azimova

suhbatlashdi

 

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: